Andijon qishloq xo'jalik institutida o'quv jarayoniga kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida 1993 yilda "Test markazi" tashkil etilgan. Ushbu markazda kompyuterda test o'tkazish dasturi ishlab chiqilgan. 1993-2002 yillarda ushbu markazda asosan barcha fanlar bo'yicha test savollari va javoblari bazasi tashkil etilgan va barcha fakultet talabalaridan kompyuterda test o'tkazib kelingan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yilgi 415-qaroriga muvofiq tasdiqlangan tashkiliy tuzilmaga asosan "Axborot texnologiyalaribo'limi" bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda.
Bo'limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Institut ish faoliyatida kompyuter texnologiyalarini joriy etish;
- O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalarini joriy etishda texnik xizmat ko'rsatish;
- Institutdagi mavjud kompyuter texnikalarining texnik holatini nazorat qilish va yangi zamonaviy texnikalar bilan boyitib borish;
- Institutdagi mavjud kompyuterlarni talab darajasidagi dasturlar bilan ta'minlash;
- Institut lokal kompyuter tarmog'i ish faoliyatini ta'minlash;
- Institutda ta'lim jarayoni faoliyatini avtomatlashtirish tizimi ishlashini ta'minlash;
- "ZiyoNET" axborot ta'lim tarmog'ini institut professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan axborot ta'lim resurslari bilan boyitib borish;
- Yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq, qaror va modemnomalarni o'z vaqtida qabul qilib olish va institut ma'muriyatiga o'z vaqtida yetkazib turish;
- Elektron hujjatlarni tegishli elektron manzillarga o'z vaqtida yuborish;
- Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portalidagi institut pasportini doimiy ravishda yangilab borish;
- Institut web saytini doimiy ish faoliyatda bo'lishini ta'minlash va uni muntazam yangilab borish;
- Talabalar, xodimlar va professor-o'qituvchilarni internetdan samarali foydalanishini ta'minlash;
- O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Elektron variantdagi darslik va qo'llanmalar yaratib o'quv jarayoniga tadbiq etish;
- Ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash.
Institutda 200 ga yaqin kompyuter texnikalari mavjud bo'lib, ularning ko'p qismidan o'quv jarayonida bevosita foydalanilmoqda. Shuningdek 3 ta kompyuter sinfi ishlab turibdi. Institut lokal kompyuter tarmog'iga 50 dan ortiq kompyuter tugunlari bog'langan bo'lib, ular bevosita internetga ulangan va undan talabalar, aspirantlar, tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilar doimiy ravishda bepul foydalanib kelmoqdalar.
Shuningdek audio-video jihozlar bilan jihozlangan, markaziy nazorat qilishga mo'ljallangan 8 ta ma'ruza zallari mavjud bo'lib, ularda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda.