O’quv-metodikabo’limi-o’quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan xalqning boy intelektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning mukammal tizimini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni maqsad qilib qo’ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
O’qitishning barcha bosqichlarida o’quv dasturlarini izchilligi va o’zaro muvofiqligini ta’minlash. O’quv dasturlarida umumiy va qo’shimcha ta’limning integratsiyalashuvini, shuningdek, o’qitish mazmun – moxiyatini real xayot extiyojlariga maksimal darajada yaqinlashtirishni ko’zda tutadi
O’quv-metodika bo’limi institut ta’lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, o’quv jarayoniga zarur xisoblanayotgan me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o’quv ishlarida erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
O’quv-metodika bo’limi talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo’lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o’quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O’quv-metodikabo’liminingvazifalari:
- Institutta’lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, instituttuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o’quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- Institutdao’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
- Institutfakultetlari va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- O’quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- Institutta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institutIlmiy kengashiga tavsiya qilish;
- Institutfakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv ishlarda erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va institutta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
- Talabalar davomatini tahlil etish;
- Institutprofessor-o’qituvchilari va talabalarining o’quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
- Institutdagi barcha fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va tahlil qilish;
- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
- Institutdashtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- O’rindosh va soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Institutfakultet va kafedralarini o’quv masalalari bo’yicha faoliyatini o’rganish;
- Professor - o’qituvchilar tanlovini tashkil etish;
- O’quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
O’quv-metodikabo’limidaboshliq, uslubchi, nazoratchi, statistvadispetcherlar faoliyat olib boradi.
O’QUV METODIKA BO’LIMI BOSHLIG’INING FUNKTSIONAL VAZIFASI
1. Bo’lim ish rejasini tuzadi va reja asosida ishni tashkil etadi, umumiy raxbarlikni amalga oshiradi.
2. Bo’limning yillik xisolarini tayyorlaydi.
3. Institut ilmiy va o’quv – uslubiy kengashlariga materiallar tayyorlaydi.
4. Kafedralarni yillik ish xajmlari va uni o’qituvchilar o’rtasida taqsimotlarini tasdiqlaydi
5. Kafedralarda o’quv-uslubiy ishlarning olib borilishini nazorat etadi.
6. Dekanatlarda o’quv-uslubiy me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat etadi.
7. O’quv jarayoni jadvalini tuzilishini va uni bajarilishini nazorat etadi.
8. Talabalarning o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanish xolatini nazorat etadi.
9. O’quv jarayoniga tegishli bo’lgan Vazirlik buyruqlari, yo’riq xatlari hamda institut Ilmiy kengashi qarorlarini xayotga tadbiq qilishni amalga oshiradi.
10. Talabalarga stipendiya belgilash tartiblarini va buyruqlarini tayyorlanishini nazorat etadi.
11. Davlat attestatsiya xay’atlarini tuzish buyruqlari, DA o’tkazish jadvallarini dekanatlar tomonidan tuzilishini va bajarilishini nazorat etadi.
12. DAX raislari va a’zolari ish xaqlarini o’z vaqtida berilishini ta’minlaydi.
13. Rektor buyrug’i asosida fakultetlar va kafedralar o’quv ish faoliyatlarini tekshirish xay’atlari tarkibida ish yuritadi.
O’QUV METODIKA BO’LIMI USLUBCHISI, MALAKAVIY AMALIYOT RAXBARINING FUNKTSIONAL VAZIFASI
1. Kafedralarda tayyorlanayotgan o’quv uslubiy ko’rsatmalar va qo’llanmalarni talab darajasida bajarilishini institut rektorati tomonidan tashkil etilgan ekspertlar guruxi orqali muntazam nazorat qilib boradi.
2. Kafedralarning o’quv – uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganligini va ulardan samarali foydalanishligini nazorat qiladi.
3. Ta’lim yunalishlari buyicha o’quv, o’quv-dala, pedagogik, ishlab-chiqarish malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o’tkazishga umumiy raxbarlik qiladi.
4. Malakaviy amaliyotlar o’tkazish jadvalini tuzadi va tasdiq uchun taqdim etadi.
5. Malakaviy amaliyotlarni o’tkazish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishni tashkil etadi.
6. O’tkazilgan amaliyot natijalarini umumlashtiradi.
7. Amaliyotda ishtirok etgan mutaxassislar ish xaqlarini o’z vaqtida berilishini ta’minlaydi.
8. Institut ilmiy va o’quv-uslubiy kengashlariga materiallar tayyorlaydi.
9. Rektor buyrug’i asosida fakultetlar va kafedralar o’quv ish faoliyatlarini tekshirish xay’atlari tarkibida ish yuritadi.
O’QUV METODIKA BO’LIMI NAZORATCHILARINING FUNKTSIONAL VAZIFASI
1. Kafedralarda ish rejalariga asosan o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha barcha ishlarni nazorat etadi.
2. Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan o’tkazilayotgan mashg’ulotlar o’quv reja, o’quv dasturi va kalendar ish rejalariga mos kelishini nazorat etadi.
3. Fkultetlarda o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha barcha ta’lim yunalishlari ishchi o’quv rejalarining bajarilishini nazorat etadi.
4. Talabalar bilimini baxolashda reyting tizimi JB,OBva YABbosqichlarini bajarilishini nazorat etadi.
5. YAB o’tkazish va tekshirish xay’atlari ro’yxati asosida buyruq loyixalari tuzish xamda taqdim etishni, YAB o’tkazish jadvallarini bajarilishini nazorat etadi.
6. Kafedralarda ishchi fan dasturlari mavjudligi, kalendar ish rejalarining bajarilishini, o’quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik xolatini nazorat etadi va zarur xollarda tegishli uslubiy yordamlarni ko’rsatadi
7.Institut ilmiy va o’quv-uslubiy kengashlariga materiallar tayyorlaydi
8. Rektor buyrug’i asosida fakultetlar va kafedralar o’quv ish faoliyatlarini tekshirish xay’atlari tarkibida ish yuritadi.
O’QUV METODIKA BO’LIMI STATISTINING FUNKTSIONAL VAZIFASI
1. Institut tuzilmasida faoliyat ko’rsatayotgan tarkib xaqida barcha statistik ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.
2. Xar bir ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalar kontingenti, talabalarning viloyatlar, tumanlar bo’yicha yashash joylari, milliy tarkibi, yosh tarkibi to’g’risida joriy ma’lumotlarini tayyorlaydi va taqdim etadi.
3. Professor-o’qituvchilar, o’quv yordamchi personal xaqida barcha statistik ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.
4. Institut pasporti ma’lumotlarini tayyorlaydi
5. YUqori tashkilotlardan so’ralgan barcha statistik shakllar bo’yicha ma’lumot tayyorlaydi va taqdim etadi.
O’QUV METODIKA BO’LIMI DISPETCHERINING FUNKTSIONAL VAZIFASI
1. Fakultetlarda dars jadvallari tuzilishi va bajarilishini nazorat etadi
2. Xonalar bandligi jadvallarini tayyorlash va o’quv jarayoni uzluksizligini ta’minlashni nazorat etadi.
3. O’quv mashg’ulotlariga kirish-chiqish qo’ng’iroqlarini vaqtida chalinishini ta’minlaydi.
4. Ma’ruza zallarida oqimlar mashg’ulotlari jadvalini tuzadi va bajarilishini nazorat etadi.