Andijon qishloq xo’jalik institutida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar
Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanmagan ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi, ulardan olingan ilmiy va amaliy natija
Andijon qishloq xo’jalik institutida 2011-2015 yillarga mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarining rejasi ishlab chiqilgan va institut Ilmiy kengashining 2011 yil 29 iyundagi 9-sonli yig’ilishida tasdiqlangan.
SHunga asosan institutda 3 ta asosiy yo’nalish doirasida 20 taga yaqin dolzarb mavzular bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzulari ekinlar hosildorligini oshirish, ekinlar selektsiyasi va urug’chiligini rivojlan-tirish, o’simliklarning kasallik va zararkunandalariga qarshi samarali himoya uslublarini qo’llash, texnika vositalaridan samarali foydalanish, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish va resurstejamkor texnologiyalarni keng miqyosda qo’llash, fermer xo’jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloqda infratuzilma majmuini rivojlanti-rish, umuman olganda, qishloq xo’jaligining barcha jabhalarini rivojlan-tirishga qaratilgan.
Bu yili institutning 2012-2014 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy loyihalardan 2 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyihalar Davlat granti bo’yicha o’tkazilgan tanlovda g’olib deb topildi. Jumladan, “Melioratsiya va gidrotexnika inshootlari” kafedrasi mudiri, q/x.f.d., A.Isashov rahbarligida “YAngi modifikatsiyadagi suvning oqimi xisobiga ko’taradigan qurilmani (gidrotaran, kichik GES) yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha uchun 40,0 mln. so’m, shuningdek “Melioratsiya va gidrotexnika inshootlari” kafedrasi o’qituvchisi, t.f.d. M.Mamajonov rahbarligida tayyorlangan “Sug’orish tizimi nasos stantsiyalarining suv olish inshootlarni ish samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha uchun 26,0 mln. so’m va “Dehqonchilik va ekologiya” kafedrasi o’qituvchisi, q/x.f.n., dotsent Z.Jumaboyev rahbarligida tayyorlangan “Dukkakli ekinlarni takroriy ekin sifatida ekib, tuproq unumdorligini saqlash, g’o’za hosildorligini va urug’ sifatini oshirish texnalogiyasini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihaga 27,0 mln. so’m pul mablag’i ajratildi. Hozirda yuqoridagi loyihalar bo’yicha ishchi dasturlar tuzilib, shu asosda ilmiy izlanishlar bajarilmoqda.
Xo’jalik shartnomasi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarning
bajarilishi, natijasi va samaradorligi
Institutning “Agronomiya” fakultetining “Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni ximoya qilish” kafedrasi olimlari tomonidan “O’simliklarni zararkunanda va hashorotlardan kimyoviy usulda ximoya qilish” mavzusi bo’yicha viloyat “Biznes inkubator” markazi bilan 1,2 mln. so’m hajmda xo’jalik shartnomasi tuzilib, Farg’ona vodiysi viloyatlari xo’jaliklarida paxta va g’alla o’simliklarini kasalliklardan himoya qilish bo’yicha uslubiy tavsiyalar va maslahatlar berildi va tajribalar o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Kimyolashtirish va o’simliklarni ximoya qilish vositalari Davlat komissiyasi bilan xamkorlikda 41,125 mln.so’mlik xo’jalik shartnomasi tuzilib, institut qoshida insektoakaritsidlarni, fungitsidlarni va gerbitsidlarni sinash bo’yicha “Vaqtinchalik ijodiy guruh”lar tashkil qilinib, dala tajribalari o’z muddatida va sifatli o’tkazilmoqda. SHu bilan birga institutda faoliyat ko’rsatayotgan “Bioservis” ilmiy ishlab chiqarish Markazi “Qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunanda va hashorotlardan biologik usulda ximoya qilish” mavzusi bo’yicha viloyatimizning Ulug’nor, Baliqchi, SHaxrixon, Andijon, Izboskan hamda Paxtaobod tumanlari jami 70 dan ortiq fermer xo’jaliklari bilan 20 mln. so’m hajmda xo’jalik shartnomasi tuzilib, asosiy ekinimiz g’o’zani zararkunandasi, ya’ni ko’sak qurti va uning tuxumiga qarshi brakon va trixogramma biomahsulotlarini ishlab chiqardi.
SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, fermer xo’jaliklariga yaqindan amaliy yordam berish maqsadida ushbu Markazda ilmiy asoslangan servis xizmati tashkil qilinib, bunga institutimizning malakali mutaxassis professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalar jalb etilib, shu kungacha yetkazib berilgan biomahsulotlar evaziga institut hisob raqamiga 60 million so’m miqdorda mablag’ tushirildi.
Andijon qishloq xo’jalik institutida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligi
Institutda ilmiy-pedagog kadrlarni yoshartirish, ilmiy salohiyatni yaxshilash maqsadida stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar instituti faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda 15 nafar yoshlar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida tahsil olmoqdalar. SHuningdek, 2011-2012 o’quv yil uchun stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutiga qabul e’lon qilinib, 5 ta quyidagi: 05.20.01-“Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalarini mexanizatsiyalash texnologiyalari”, 05.20.03-“Qishloq xo’jalik texnikalarini ekspluatatsiya qilish,tiklash va ta’mirlash”, 06.01.02-“Melioratsiya va sug’orma dexqonchilik”, 06.01.04-“Agrokimyo” va 06.01.11-O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan ximoya qilish ixtisosliklar bo’ycha 5 nafar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar o’qishga qabul qilindi.
2011-2012 o’quv yilida institutning “Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni ximoya qilish” kafedrasi dotsenti Mahpuzaxon YUsupova doktorlik dissertatsiyasini, “O’simlikshunoslik” kafedrasi assistenti Komilov Komiljon, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o’qituvchisi Kamolov Xursanali, “Melioratsiya va gidrotexnika inshootlari” kafedrasi assistenti SHokirov Baxtiyorjlnlar nomzodlik dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli ximoya qildilar. SHuning bilan bir qatorda katta ilmiy xodim-izlanuvchilardan Xudoyorov Anvarjon va Qosimov Karimjonlar hamda sobiq talabalardan Igamberdiyev Anvarjon, Jo’raev Muqimjon, mustaqil tadqiqodchilardan Iminov To’xtasin, Ro’ziyev Ikromjon, Maxmudov Rofiqjonlar nomzodlik dissertatsiya ishlarini Ixtisoslashgan Kengashlarga himoya qilish uchun topshirdi.
Andijon qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilari tomonidan ixtirolar, patent va litsenziyalar olish uchun taqdim etilgan ishlanmalar
Institutda 2011-2012 o’quv yili davomida “Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni ximoya qilish” kafedrasi tomonidan b.f.d. B.Sulaymonovning “Oltinko’zni ko’paytirish uskunasi” mavzusida, “Fizika va kimyo” kafedrasi dotsenti, f/m.f.n. A.Parpiyevning “Optik labirintli zararkunanda tutgich (OLZT-1) uskunasi” va “YUqori kuchlanish yordamida qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish usunasi” mavzularida, “Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi dotsenti, t.f.n. G’.Oripovning “Zang modifikatori va himoyalovchi kislotali qoplama tarkibi” va “Zanglarni yo’qotish uchun modifikator” mavzularida, “Melioratsiya va gidrotexnika inshootlari” kafedrasi tomonidan q/x.f.n. B. Yo’lchiyevning “Magnitli suvdan foydalanib, o’simliklar hosildorligini oshirish usuli” mavzusida, “Dehqonchilik va ekologiya” kafedrasi professori, b.f.d. T.Topvoldiyevning “Abu-jaxl achchiq tarvuzi tarkibidagi glyukozit moddasi bilan qand kasalligini davolash usuli” mavzulari bo’yicha Intelektual mulk agentligi talabi asosida xujjatlar tayyorlandi..
Andijon qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilari tomonidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiyalar va
ilmiy maqolalar chop etish
Muvofiqlashtiruvchi Kengash qaroriga ko’ra institut professor-o’qi-tuvchilari tomonidan 2011-2012 o’quv yilida 1 ta darslik, 1 ta o’quv qo’llan-ma va 1 ta monografiya chop etildi.
“Melioratsiya va gidrotexnika inshootlari” kafedrasi mudiri, t.f.d. M.Mamajonov tomonidan “Nasoslar va nasos stantsiyalari” fanidan o’quv darsligi, “Oliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o’ituvchisi I.Zulfiqorovning “Oliy matematika” fani o’quv mashg’ulotlarining loyihalari nomli o’quv qo’llanmasi va “Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni ximoya qilish” kafedrasi dotsenti M.YUsupovaning “Turli usul, tartib va qalinlikda ekilgan g’o’zani ximoyalash xususiyatlari” nomli monografiyasi chop etildi.
Bundan tashqari “O’simlikshunoslik” kafedrasi dotsenti S.Tursunov tomonidan “Dala ekinlari maxsulotlarini yetishtirish texnologiyasi” fanidan yozilgan o’quv darsligi, “Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni ximoya qilish” kafedrasidan b.f.d. B.Sulaymonov, professor A.Kajevnikovalar tomonidan “O’simliklarni biologik ximoya qilish” fanidan va dotsentlar E.Ochilov va T.Uraimovlar tomonidan “Ilmiy izlanish asoslari” fanlaridan yozilgan o’quv darsliklari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashiga chop etish uchun taqdim etildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus, Halq ta’limi vazirliklari hamda O’zbekiston Respublikasi Pezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg’armalarining 2011 yil 3 oktyabrdagi “Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi-2011” Respublika tanlovi yakunlari to’g’risidagi 403/27/ 47-sonli Qaroriga muvofiq dotsent M.Mo’minov, professor A.Mamadaliyev va katta o’qituvchi A.To’htaboyevlarning “Botanikadan amaliy mashg’ulotlar” fanidan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlari, agronomiya, o’simliklar ximoyasi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi, kasbiy ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun 2011 yilda “YAngi nashr” nashriyotida chop etilgan o’quv qo’llanmasi Respublika tanloviga taqdim etildi va g’olib bo’ldi.
Bundan tashqari institut professor-o’qituvchilari xiso davri davomida Respublika va halqaro miqyosda o’tkazilgan turli ilmiy-amaliy va ilmiy-texnik konferentsiyalarda ishtirok etdilar va 250 dan ortiq ilmiy maqolalari respublikamizdagi turli xil markaziy ilmiy-ommabop oynoma va ro’znomalarda nashrdan chiqarildi.
Andijon qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarni halqaro, respublika anjumanlarida, tanlov, ko’rgazma va ko’riklarda qatnashishi
Andijon qishloq xo’jalik institutida 2012 yilning 14-15 may kunlari “Agronomiya” mutaxassislik fanlari bo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkazildi. Talabalar Respublika fan olimpia-dasining II-bosqichini o’tkazishga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha mas’ul Farg’ona Davlat universitetining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q. G’oziyev ishtirok etdi.
“Agronomiya” mutaxassislik fanlari bo’yicha o’tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichida Respublika Oliy ta’lim muassasalaridan quyidagi 10 ta oliy o’quv yurtlari jamoalari qatnashdi. Jumladan, Toshkent Davlat agrar universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Samarqand qishloq xo’jalik instituti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti, Toshkent Davlat universitetining Nukus filiali, Farg’ona politexnika instituti, Namangan muxandislik iqtisodiyot instituti va Andijon qishloq xo’jalik instituti. Ishtirokchilarning 7 nafari yigitlar va 3 nafari qizlarni tashkil etdi.
Ushbu, “Agronomiya” mutaxassislik fanlari bo’yicha o’tkazilgan Respublika fan olimpiadasi yakuniga ko’ra I-o’rinni 327,0 ball to’plagan Andijon qishloq xo’jalik instituti “Agronomiya” fakulteti, III-bosqich talabasi Saliyev Sardorbek Alisherovich, II-o’rinni 292 ball to’plagan Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Agronomiya” fakulteti, IV-bosqich talabasi SHernazarov Mirjalol YUldashevich va III-o’rinni 273 ball to’plagan Urganch Davlat universiteti, “Tabiatshunoslik” fakulteti, III-bosqich talabasi Rustamov Izzat Baxramovichlar egalladilar.
Institutning “Agronomiya”, “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash”, “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetlarida “Talabalar ilmiy jamiyati”ning “Mustahkam oila yili”ga bag’ishlangan iqtidorli talabalarning XXXVI-ilmiy-texnik anjumani o’tkazildi.
Institutda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor Davlat stipendiyasi tanlovlarining I-bosqichi (institut bosqichi) 2012 yilning 5-15 iyul kunlari o’tkazildi. Tanlovda 20 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etib, ular “O’zbekiston tarixi”, “Informatika va axborot texnologiyalari” va “CHet tili” fanlaridan maxsus komissiya tomonidan sinovdan o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovining I-bosqichi (institut bosqichi) da N.Teshaboyev g’olib deb topildi va Respublika bosqichi (II-bosqich)ga yo’llanma oldi.
Nomdor Davlat stipendiyasi tanlovining I-bosqichi (institut bosqichi) da S.YUnusov g’olib deb topildi va Respublika bosqichi (II-bosqich)ga yo’llanma oldi.
Oliy o’quv yurtlari o’rtasida o’tkaziladigan “Menejer” loyihasi doirasidagi tanlovlarda iqtidorli talabalardan 7 nafari o’z xujjatlarini taqdim etdilar. SHu bilan birga “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” va “Mehr nuri” jamg’armalari bilan hamkorlikda “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar” Dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovga institutning “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakultetidan 8 nafar, “Agronomiya” fakultetidan 3 nafar va “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetidan 3 nafar, jami 15 nafar iqtidorli talabalarning xujjatlari tanlovda qatnashish uchun taqdim etildi.
2012 yilning 21 may kuni Z.M.Bobur nomidagi Andijon Davlat universitetida “Kelajak ovozi-2012” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Bu yerda viloyatning chekka qishloq va shaharlarida tahsil olayotgan umumta’lim maktabi, kollej va oliygohlardan tashrif buyurgan ko’plab iqtidorli talabalar 4 ta nominatsiya va 15 yo’nalish bo’yicha tanlovda faol ishtirok etdilar. Ular orasida institut bosqichidan saralab olingan 11 nafar iqtidorli talabalar ham ishtirok etib, har bir yo’nalish bo’yicha belgilangan hakamlarning bergan baholariga ko’ra ushbu talabalardan 3 nafari:
1.Hamraqulova Oygul Toxirjon qizi- “Agronomiya” fakultetining “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash” ta’lim yo’nalishi talabasi “Ratsionalizitorlik takliflari” bo’yicha 1- o’rinni;
2.Karimov Azizbek - “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti, “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi talabasi “Texnik ishlanmalar” bo’yicha 2-o’rinni;
3.Djalolava Durdonaxon- “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining “Buxgalteriya va audit” ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi “Publitsistika” yo’nalishlari bo’yicha 3-o’rinlarni egalladilar va Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo’ldilar.
Bundan tashqari “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining “Buxgalteriya va audit” ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi Djalolava Durdonaxon 2012 yilning 26 iyunda o’tkazilgan tantanali yig’ilishda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo’shgan hissasi, barkamol avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi samarali xizmatlari hamda “Halqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan Andijon viloyati xokimining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.
“Suv xo’jaligi va melioratsiya“ ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi Qo’chqarbekov Axrorbek “O’zbekiston XDPda yosh siyosatchi-2012” ko’rik tanlovida faol ishtirok etib, g’olib deb topildi va III-darajali diplom bilan bilan taqdirlandi.
2012 yilning 3-5 may kunlari Toshkent shahrining “Uzekspomarka-zi”da Iqtisodiyot vazirligi, Tashki iqtisodiy aloqalar, innvestitsiyalar va savdo Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, “O’zekspotsentr” MKK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlan-tirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, “Ilmiy-texnika axboroti” Davlat unitar korxonasi, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, O’zbekiston ekologik harakati hamkorligida V-Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi bo’lib o’tdi.
YArmarkada jahon andozalariga mos keladigan yangi yuqori samarali materiallar, mashinalar, preparatlar va boshqa ilmiy texnologiya mah-sulotlarini yaratishga imkon beruvchi sanoat, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash va farmotsevtika, informatsion texnologiyalar, fan va maorif sohalaridagi 450 dan ziyod noyob innovatsion va ilmiy-texnik loyihalar hamda ishlanmalar namoyish etildi.
Institutimiz tomonidan V-Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasiga taqdim etilgan 11 ta innovatsion loyiha-lar bo’yicha jami 11 ta shartnomalar tuzilib, ularning miqdori 107,0 mln. so’mni tashkil etdi.
Innovatsion loyihalar ichidan tomoshabinlar e’tiborini o’ziga jalb qilgan “Suvni beharajat ko’tarish qurilmasi ishlab chiqarish texnologiyasini o’zlashtirish” bo’lib, ushbu loyiha q/x.f.d., professor A.Isashov, f/m.f.n., dotsent M.Mo’minovlar tomonidan taqdim etildi.
Bundan tashqari t.f.n., dotsent A.Sabitov tomonidan tayyorlangan “Intensiv bog’ va uzumzorlarni sug’orishning noan’anaviy usuli” innovatsion loyihasi ko’pchilik tomoshabinlar diqqatini o’ziga tortdi.
SHuningdek, b.f.d., professor T. Topvoldiyev tomonidan tayyorlangan “Oq jo’xori poyasidan shakar moddalarini ajratib olish texnologiyasi”, f/m.f.n., dotsent Parpiyev A. tomonidan tayyorlangan “Optik labirintli zararkunanda tutgich (OLZT-1) uskunasi”, f/m.f.n., dotsent Parpiyev A. va q/x.f.n., dotsent YUsupova M.tomonidan tayyorlangan “YUqori kuchlanishli zararkunandalarga qarshi kurashish uskunasi”, stajyor-tadqiqotchi-izlanuv-chi T.Qayumov tomonidan tayyorlangan “Organik moddalardan biologik gaz olish qurilmasi” va t.f.d., professor T.Xudoyberdiyev tomonidan tayyorlan-gan “Tez bug’lanuvchi suyuqliklarni saqlash uchun rezervuarlarni gaz qayta-rish tizimini yaratish” mavzularida bajarilgan ilmiy ishlanmalari ko’pchilik tomoshabinlar diqqat e’tiborini o’ziga tortdi.