O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi «Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 25-sonli qarori «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, ularni malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirish, uni o’quv-metodik va axborot ta’minotini mustaxkamlash, shuningdek, institutni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Mustaqil mamlakatimizda kadrlarni tayyorlash, joy-joyiga qo’yish, tarbiyalash, o’qitish, malakasini oshirish va zaxirasini yaratishga alohida e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 sentabrdagi 415-sonli qaroriga asosan institutimizda «Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi» o’z faoliyatini boshladi.
Markaziga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- institut professor-o’qituvchilarini ilg’or tayanch oliy o’quv yurtlari va chet ellarda malakasini oshirishni tashkil etish;
- markaz qoshida maxsus kurslarni tashkil e’tib, qishloq xo’jaligidagi turli soxadagi rahbarlar, fermer xo’jaliklari raxbarlari, mutaxassislarini xamda institut professor-o’qituvchilari va xodimlarini jalb e’tish;.
- Farg’ona vodiysida joylashgan qishloq xo’jalik va agrosanoat kasb-xunar kollejlarini mutaxassislik fan o’qituvchilarini malakasini oshirishni tashkil etish.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligini 2011 yil 28 dekabrdagi 525-sonli buyrug`i va institut qoshidagi "Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi"ni 2012 yilgi Ish rejasiga asosan, 2012 yil 21 maydan 16 iyunga qadar Toshkent shaxriga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "ISTE'DOD" jamg`armasida tashkil qilingan uzluksiz malaka oshirish kurslarida institutning bir guruh o`qituvchilaridan G.Valixonova, M.Baratova,SH.To`xtasinov, F. Turdievalar160 soatlik dastur asosida malakalarini oshirib keldilar.
Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining "Oliy va o`rta maxsus ta'lim muassasalarida O`zbekiston Respublikasi bosh Vaziri SH. Mirziyoev tomonidan 2012 yil 27-aprelda tasdiqlangan 07/13-265 sonli Selektor yig`ilish bayonida belgilab berilgan vazifalarni ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim muassasa va o`rta maxsus ta'lim muassasalari ingliz tili o`qituvchilari yozgi ta'til davrida iyul va avgust oylarida o`qituvchilarga ingliz tilini o`rgatish maqsadida ish rejasi ishlab chiqilib, institut rektori B. A. Sulaymonov va O`rta maxsus kasb-xunar ta'lim boshqarmasi boshlig’i X. To`xtaboev tomonidan tastiqlandi va institutni 2012 yil 2-maydagi 144-V sonli buyrug`i chop e’tildi. Unga asosan "O`zbek va chet tillar" kafedrasi o`qituvchilari tomonidan 72 soatli o`quv reja va dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi. Institut professor-o`qituvchilari 9-guruxga bo`lindilar.
O`quv mashg`ulotlarni dars jadvali ishlab chiqilib tastiqlandi. Xar bir guruxga ingliz tili o`qituvchilari ma'sul e’tib biriktirildi, o`quv mashg`ulotlarni sifatli o`tilishi bo`yicha hamma chora-tadbirlar ko`rildi.
Agrokimyo, tuproqshunoslik va o`simlaklarini ximoya qilish kufedrasi mudiri, professori A. G. Kojevnikova Innovasion texnologiyasi va o`simliklarni ximoya qilish bo`yicha Isroil Davlatida o`z malakasini oshirib qaytdilar Institutda Farg`ona vodiysida joylashgan qishloq xo`jalik va agrosanoat kasb-xunar kollejlari maxsus fan o`qituvchilarini malakasini oshirish kursini tashkil etish uchun Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`rta maxsus, kasb-xunar ta'limi markazining 2005 yil 27 dekabrdagi ruxsatnomasi olinib, institut kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida qishloq xo`jalik va agrosanoat kasb-xunar kollej o`qituvchilarini malakasini oshirish boshlangan, undagi ta'lim yo`nalishlar 1-jadvalda ko`rsatilgan. Barcha ta'lim yo`nalishlari bo`yicha 2006 yili 80-nafar, 2007 yili 120 nafar, 2008 yili 140 nafar, 2009 yilda 140 nafar 2010 yilda 145nafar, 2011 yilda 80 nafar, 2012 yilda 170 nafar ja'mi 875-nafar maxsus fan o`qituvchilarini, malakasini oshirish rejalashtirilgan bo`lsa, xar yili reja 100 foyzda bajarilmoqda.
1-jadval
Ta'lim yo`nalishlari haqida
M A ` L U M O T
№ |
Ta'lim yo`nalishlari |
1 |
Traktor va avtomobillar |
2 |
Qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash |
3 |
Qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish |
4 |
Agronomiya |
5 |
Qishloq xo`jalik maxsulotlarini tayyorlash, saqlash |
6 |
O`simlikshunoslik, fermer xo`jaligini tashkil etish va yuritish |
7 |
Qishloq xo`jalik mashina va jixozlaridan foydalanish va texnik xizmat ko`rsatish |
Markazda 36 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatadi, shundan 1-nafari asosiy shtatda, t.f.n dosent, qolgan 35-nafar professor-o`qituvchilar soatbay tarzda faoliyat ko`rsatadi. Shundan ilmiy darajali va unvoni bor professor-o`qituvchilarning salmog`i 97 foyzni tashkil etadi, Qolganlar esa katta pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qtuvchilardir.
O`quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligini belgilangan nusxadagi sertifikatlari topshirilmoqda.
Tinglovchilarni institutda o`qishlari va yashashlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari ular institutda tashkil etilayotgan xar-xil tadbirlarda ishtirok etishlari, kafedralarda mavjud bo`lgan o`quv - uslubiy, tarbiyaviy ishlar bilan tanishishlari, ularni rejalaridan namunalar olishga muvaffaq bo`lmoqdalar va markaz bu borada uslubiy yordamini bermoqda.