Kafedra “Rus tili” nomi bilan 1964 yil tashkil topgan. 1997 yildan hozirga qadar “O’zbek tili va chet tillar” kafedrasi nomi bilan ataladi.
Kafedramudirlar lavozimida quydagi o’qituvchilar ishlaganlar:
1. Kim S. 1964-1974 y.
2. U.Isaqov - filologiya fanlari nomzodi 1974-1986 y.
3. S.М.Saidova - filologiya fanlari nomzodi 1986-1995 y.
4. V.V.Grishakov - rus tili fani katta o’qituvchisi 1995-1997 y.
5. Yu.Yu.Qosimov - rus tili fani katta o’qituvchisi 1997-2012 y.
6. N.S.Abdullayeva – ingliz tili fani katta o’qituvchisi 2012 yil mart oyidan hozirgacha.
“O’zbek tili va chet tillar” kafedrasiningo’quv yiliningboshida quyidagi tarkibda ish boshladi.
- fan doktori / professor –
-fan nomzodi / dotsent 1 nafar
- oliy ma’lumotli / katta o’qituvchi 2 nafar
- oliy ma’lumotli / аssistent 19 nafar
-o’rta maxsus malumotli laborant 1 nafar
jumladan ayollar 19 nafar
“O’zbek tili va chet tillar” kafedrasida insitutning bakalavriyat ta’lim yo’nalishlarining 1-2-3-bosqich talabalariga hamda magistratura ta’lim tizimining barcha yo’nalishlariga xorij (ingliz, nemis) tili fanidan amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar institutning o’quv bo’limi tomonidantuzilgan jadval asosida olib borilmoqda. Kafedrada iqtidorli talabalarga chet tillari fanidan qo’shimcha darslar, chet tillarini o’rganishga qiziquvchi talabalarga to’garak mashg’ulotlari olib borilmoqda. Shuningdek iqtidorli talabalarni ilmiy anjumanlarga maqolalar yozishga matnlarni tarjima qilishga, lug’atlar tuzishda so’z va iboralar tanlashga, adabiyotlardan foydalanish ishlariga jalb qilinmoqda.
Kafedrada institutning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan reja asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo’lga qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va qarorlari ijrosi bo’yicha ish olib bormoqdalar.
O’zbekistonda nishonlanadigan bayram sanalari, buyuk namoyondalar, mashxur kishilar tavallud kunlariga bag’ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar o’tkazmoqda.
Talaba qizlar turar joyida ham ma’naviy - marifiy tadbirlar olib borilmoqda.
Viloyat “Yosh olima ayollar” ko’rik tanlovida kafedra o’qituvchilari.
O’zbekistonda nishonlanadigan bayram sanalari, buyuk namoyondalar, mashxur kishilar tavallud kunlariga bag’ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar o’tkazmoqda.
Talaba qizlar turar joyida ham ma’naviy - marifiy tadbirlar olib borilmoqda.
“Ikki buyuk siymo” (A.Navoiy va Z.M.Bobur).
Каfedra o’qituvchilari AQXI qoshidagi 2-son аkademik litseyi, Kuygan-yor akademik litseyi, 3-son Shahrixon аkademik litseyida o’zaro hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan. Каfedra o’qituvchilariga biriktirilgan akademik litseylarda namunaviy darslar o’tib berish bilan birga chet tili fani o’qituvchilari bilan o’zaro darslarni kuzatib tajriba almashmoqdalar. Shuningdek akademik litseylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlash va o’tkazishda amaliy yordam bermoqdalar.
“3-son Shahrixon akademik litseyi”da diplom topshirish tantanasi.
Каfedrada iqtidorli talabalar bilan ish olib bormoqda. Nomdor stipendiyalarga tanlovga talabalar tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari iqtidorli talabalarni fan оlimpiadalariga tayyorlashga, talabalar ilmiy anjumaniga ma’ruzalar tayyorlashga jalb qilingan.
Institut Yevropaning Tempus loyihasi g’olibi sifatida proyekt ustida ish olib bormoqda. Bu loyihada kаfedra o’qituvchilarini ishtiroki ham nazarda tutilgan. Jumladan, kafedra ingliz tili o’qituvchisi Abdullayeva N. mutaxassislik kafedrasi o’qituvchilarini proyekt bo’yicha xorijiy mamlakatlarga o’qib kelishlari uchun 6 nafar professor-o’qituvchini ingliz tili fani bo’yicha tayyorlamoqda. 4 nafar iqtidorli talabalarni ishtiroki ham loyihada rejalashtirilgan. Shu kunlarda talabalarni tanlash va o’qitish ishlari rejalashtirilmoqda.
Rus tili fani o’qituvchilari 1-bosqich uchun o’quv materiallarini tayyorladilar va chop etilib amaliy mashg’ulotlarda qo’llanilmoqda. Shuningdek chet tili o’qituvchilari tomonidan 2 ta uslubiy qo’llanma, 1-bosqich uchun ingliz tili fanidan “Amaliy mashg’ulotlar materiali”, o’qituvchilar uchun “Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi” chop etildi va darslarda qo’llanilmoqda.Nemis tili fanidan ham 2-bosqich talabalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma tayyorlandi. Каfedrada o’qitilayotgan fanlar uchun fan majmualari tayyorlandi.