AndQXI

На главную Карта сайта Обратная связь
O'zbek Русский English

«O’simlikshunoslik» kafedrasi

Автор: Admin от 24-09-2012, 11:06

«O’simlikshunoslik» kafedrasi dastlab Andijon paxtachilik instituti tarkibida 1967 yilda ish boshlagan va 1976 yilgacha  qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent Qodirov YUnus Zokirovich mudirlik qilgan. 1976-1980 yillarda  qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent A.Alibekov, 1980-1990 yillarda qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent M.Mannopova, 1990-2004 yilgacha  qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent O.Mirzaev, 2004-2008 yillarda qishloq xo’jalik fanlari doktori, O.YAkubjonov, 2008- 2012 yillarida qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent  Z. Bo’stonov raxbarlik qilgan.  2012 yil aprel  oyidan boshlab kafedragaqishloq xo’jalik fanlar nomzodi J. To’ychiyev raxbarlik qilib kelmoqda.

O’simlikщunoslik kafedrasida 11talim yo’nalishiga 36nomdagifanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan 21 nafar professor-o’qituvchilarning 9nafari  fan nomzodi dotsentlar, 2 nafari katta o’qituvchilarva 11 nafari assistentlardan iborat bo’lib, kafedraning ilmiy saloxiyati 42,8 foizni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 17 aprelda o’tkazilgan  Xay’atini  «Oliy ta’lim tizimida o’quv jarayoni va o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash xamda innovatsion  ta’lim texnologiyalarni joriy etish to’g’risida”gi 3/1-sonli  qarori  bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim tizimida o’quv jarayoni va o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish namunaviy  rejasi»da belgilangan vazifalarni bajarish uchun kafedrada xar bir fan bo’yicha o’quv dasturi, o’quv adabiyotlari, o’quv-uslubiy materiallarini o’z ichiga olgan «O’quv-uslubiy majmua»lar ishlab chiqildi.

Kafedra professsor-o’qituvchilari tomonidan  Donchilik, yem xashak yetishtirish, O’simlikshunoslik, Mevachilik, Polizchilik, Sabzavotchilik yo’nalishlari bo’yicha Elektron axborot ta’lim resurslari tayyorlanib «ZiyoNET» axborot ta’lim tarmog’iga joylashtirilgan.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan keyingi yillarda  7 ta darslik, 5 ta o’quv qo’llanma, 9 ta tavsiyanoma, 1 ta monografiya, 40 ta uslubiy ko’rsatma yaratildi shuningdek  200 dan ortiq ilmiy maqolalar turli to’plam va ilmiy jurnallarda chop etildi.

Kafedrada professor-o’kituvchilari institut o’kuv tajriba xo’jaligi sharoitida makkajo’xori, soya, sabzi  g’o’zaning ertapishar, serxosil navlarinig yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Selektsiya izlanishlar natijasida navlararo chatishtirish usuli bilan yangi IV-sanoat tipiga mos tola beradigan, kasallik va zararkunandalarga chidamli AQXI-1 (O.YAqubjonov, Z.Raxmonov, Z.Jumaboyev, Z.Bo’stonov, X.Egamov) navi yaratildi. Bu nav 2009 yil O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jalik ekinlarini sinash Davlat komissiyasining grunt nazoratiga topshirildi. Nav mualliflari 2012 yildan boshlab AQXI-1 naviga patent olish uchun xujjatlar tayyorlamoqdalar. Kafedra dotsenti Z.Bo’stonov tomonidan  yaratilgan  sabzining  «Baraka» navi Davlat reyestriga kiritilib, rayonlashtirildi.

2001-2004 yillarda AQSH ning RL-480 dasturi granti asosida  «Kuzgi bug’doyning xorijiy va maxalliy selektsion navlari urug’ ekish  va xosildorlik sifat ko’rsatkichlariga agrotexnik tadbirlarni ta’sirini o’rganish» mavzudagi qiymati  90 ming AQSH dollari xajmida ilmiy ish bajarildi

Kafedra dotsenti Z.Bo’stonov 2006 yilda Xalqaro Tempus loyixasini  sovrindori bo’lib, «Oliy ta’lim soxasida tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash tizimi» mavzusidagi loyixasi dasturi asosida  Sankt-Peterburgning Elektrotexnika universitetida, Germaniyaning Zaarland universitetida, Ispaniyaning Alikanta universitetilarida bo’lib ilmiy seminarlarda qatnashib qaytdi. 

Kafedra dotsenti O.F,Mirzaev «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi» Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

2012 yil 12 iyun kuni kafedra assistenti K.Komilov 06.01.01-«Umumiy dexqonchilik» ixtisosligi bo’yicha qishloq xo’jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasini «Qator oralariga ishlov berish va sug’orish tartibining g’o’za hosildorligiga ta’siri (Andijon viloyatining och tusli bo’z tuproqlari sharoitida)» mavzusidagi dissertatsiya ishini muvoffaqiyatli ximoya qildi.

Kafedrada  iqtidorli talabalar bilan ishlash iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash ishlari bo’yicha tasdiqlangan Nizom asosida ishlar bir qatorda olib borilmoqda.

Iqtidorli talabalar ma’sul o’qituvchilar va ilmiy raxbarlarga biriktirilgan. Kafedraning iqtidorli talabalari Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va tanlovlarda ishtirok etib bir kancha muvaffakiyatlarni qo’lga kiritdilar.

Jumladan, Respublika fan olimpiadasining  “Agronomiya” mutaxassislik fanlari bo’yicha   2008-2009 o’quv yilida  Xojimurodov Murodillo, joriy o’quv yilida Saliyev Sardorlar  faxrli I-o’rinni egalladilar.

2010-2011 o’quv yilida Agronomiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Teshaboyev Nodir Beruniy nomli stipendiya olishga sazovor bo’ldi.

Har yili kafedraning iqtidorli talabalari Germaniyaning  LOGO dasturi bo’yicha o’tkaziladigan tanlovda ishtirok etib kelishmokda.  2011 yilda Agronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi Ahmedova Dilfuza, Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash ta’lim yo’nalishi talabasi Nazarov Ulug’bek,  Axmadjonov Xamidjon, Qoraboyev SHeralilar Germaniyaning ilg’or fermer xo’jaliklarida 6 oylik malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini o’tab keldilar. Xozirda Agronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi YUnusov Kamoldin, Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saklash va dastlabki qayta ishlash ta’lim yo’nalishi talabasi Matmusaev Baxtiyorlar Germaniyaning ilg’or fermer xo’jaliklarida malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini o’tamokda, Agranomiya talim yo’nalishi talabasi  Raximov Sardor Rossiyaning CHelyabinsk shaxrida malakaviy  amaliyotni o’tkazmoqdalar.

Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari  natijalarini chop etishga va ularning ilmiy ishlari va ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko’maklashish maqsadida 2012 yilgi XXVI-talabalar ilmiy texnikaviy anjumanida  kafedraning iktidorli talabalaridan 25 nafari o’z ma’ruzalari bilan  qatnashdilar.

Hurmatli saytimizga tashrif buyurgan mehmon, Siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Biz Sizga qayddan o'tishni yoki o'z login parolingiz bilan saytga kirishingizni so'raymiz.
Узнайте о самых последних новостях из мира высоких технологий на devays.ruи hi-tech новинок. Мы расскежем на foxtour.ru сколько стоит путевка в тайланд, а так же где можно хорошо отдохнуть. У нас на sevfiles.ru есть фильмы, игры и многое другое.

Sharxlar:

Sharx qoldirish
Используется технология AndQXI

So'nggi yangiliklar


Andijon qishloq xo’jalik insti ..


2013-2014 o'quv yilida Andijo ..
2013-2014 o'quv yilida Andijon qishloq xo'jalik institutiga bakalavriat bo'yicha qabulga abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma'lumot

Ta`lim muassasalari ta`lim yo` ..


Andijon qishloq xo’jalik insti ..
Andijon qishloq xo’jalik institutida 2013-2014 o’quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo’yicha qabul ko’rsatkichlarining ta’lim yo’nalishlari va o’qitish tillari ...

O'qishga marhamat!
O'qishga marhamat!

So'rovnoma


Saytimizga baho bering

A'lo
Yaxshi
O'rtacha
Yomon
Bilmayman

 
 

Onlayn


Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1

Foydalanuvchilar: 

отсутствуют

Robotlar: 

отсутствуют

 Oxirgi 20 ta foydalanuvchi: 

Abituriyentlar uchun


Abituriyentlarga

Shikoyatlar bor-mi?


Shikoyatlar bor-mi?

Xukumat portallari


  • www.gov.uz
  • www.press-service.uz
  • www.agro.uz
  • www.edu.uz
  • www.ziyonet.uz

Kalendar

«    Август 2013    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ob-havo

Все о погоде - Pogoda.uz

Статистика

Вверх