Kafedra «Botanika va o’simliklar fiziologiyasi» nomi bilan 1964 yilda tashkil etilgan.
1995 yilda “Botanika va o’simliklarni ximoya qilish” nomi bilan faoliyat ko’rsata boshlagan.
2004 yildan boshlab kafedra «Dehqonchilik va ekologiya» nomi bilan ish boshladi.
2012 yil 3 dekabrdan O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2012 yil 27 noyabrdagi 185 sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi «Genetika, qishloq xo’jalik ekinlar selektsiyasi va urug’chiligi» nomiga o’zgartirildi.
Kafedra mudirlari lavozimida quyidagi o’qituvchilar ishlaganlar:
1.To’ychiyev N.-biologiya fanlari nomzodi 1964-1968
2. Mamadaliyev A.X.-qishloq xo’jalik fanlari doktori, 1968 -2004,
2006-2009 y
3.Topvoldiyev T.-biologiya fanlari doktori 2004 -2006 y
4.Mamadaliyev A.X.–qishloq xo’jalik fanlari doktori, 2006-2009 y
5.Bahromov S.-qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, 2009-hozirgacha
Kafedra faoliyati davomida quyidagi o’qituvchilar ishlaganlar
To’ychiyev N 1964 y-biologiya fanlari nomzodi
Mamadaliyev A.X 1964 y-qishloq xo’jalik fanlari doktori
Trushkina L.P. 1964 y-biologiya fanlari nomzodi
Rustamov K.U. 1969 y-biologiya fanlari nomzodi
Allayorov I.I. 1965 y-biologiya fanlari nomzodi
Altunina N.A. 1966 y-biologiya fanlari nomzodi
Marxo’jaev O. 1968 y-biologiya fanlari nomzodi
Rustamov K.U. 1969 y-biologiya fanlari nomzodi
Abdullaev J.A. 1970 y-biologiya fanlari nomzodi
Abdullaev M.A. 1971 y-biologiya fanlari nomzodi
Mo’minov M.M. 1972 y-biologiya fanlari nomzodi, hozirgacha
Topvoldiyev T.I.1973 y-biologiya fanlari doktori, hozirgacha
Eshonkulov N.S.1973 y.-biologiya fanlari nomzodi
To’xtaboyev A. 1983 y–oliy ma’lumotli biolog, katta o’qituvchi hozirgacha
Mirzaeva S. 1988 y-oliy ma’lumotli biolog, katta o’qituvchi hozirgacha
Botirov O. 1985-2005 y-biologiya fanlari nomzodi
Bahromov S. 2003 y-q x f n, 2009 yildan kafedra mudiri
O’rinboyeva G. 2004 y-oliy ma’lumotli katta o’qituvchi hozirgacha
Kafedraning ish faoliyatida 2 ta fan doktori prof. Mamadaliyev A.X. va prof. Topvoldiyev T. va 7 nafar fan nomzodlari Rustamov K., Altunina N.A., Umarxo’jaev O., Botirov O., Mirzaeva S.,O’rinboyeva G.lar shu kafedrada dissertatsiya ximoya qildilar.
Kafedrada asosan fundamental va amaliy fanlar o’qitiladi. Jumladan: Genetika va biologiya, Botanika va o’simliklar fiziologiyasi, Mikrobiologiya va qishloq xo’jalik biotexnologiyasi, Ekologiya, Qishloq xo’jalik ekinlar selektsiyasi va urug’iligi, G’o’za selektsiyasi va urug’chiligi, Irsiyat va o’zgaruvchanlik, Dala ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi, Mikologiya va mikrobiologiya.
Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligi taklifi bilan 2004 yildan boshlab kafedrani nomi o’zgartirildi. Kafedrada dehqonchilik va ekologiya fanlari o’qitilayotganligi munosabati bilan «Dehqonchilik va ekologiya» nomi bilan faoliyat ko’rsatmokda.
Kafedraning salohiyati yuqori 1 ta professor va 3 nafar dotsent, 5 fan nomzodlari hamda 6 ta assistent talabalarga bilim bermoqdalar.
Professor T. Topvoldiyevning tajriba darsidan lavxa
Dotsent M. Mo’minovning amaliyot darsidan lavxa
Katta o’qituvchi A. To’xtaboyevning laboratoriya mashg’ulotidan lavxa
Katta o’qituvchi S. Mirzaevaning Mikrobiologiya fanidan tajriba darsi
Katta o’qituvchi G. O’rinboyeva Dehqonchilik fanidan tajriba darsi o’tmoqda
Assistent B. Xusanov O’simliklar fiziologiyasi fanidan mashg’ulot o’tkazmoqda.
“Dukkakli ekinlarni takroriy ekin sifatida ekib tuproq unumdorligini saqlash, paxta xosildorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish” loyixasi bo’yicha 2012 yili tajriba dalasiga kuzgi bug’doydan so’ng takroriy dukakli ekinlar ekildi. Natijada kuzgi bug’doydan so’ng ekilgan dukkakli ekinlar kelgusi yili tuproq unumdorligini, paxta hosildorligini oshiradi.
Professor T.Topvoldiyev tomonidan Abu jahl tarvuzini biologiyasi va tarkibi o’rganildi. Tarvuz bizni sharoitda yaxshi o’sadi va 30-45 % o’simlik gullaydi va meva beradi. Mevasining tarkibida 10-11 % organik quruq modda bo’lib, ular ichidan 8-9 % shakar moddasi va 1-1,5 % glyukozidlar bo’lishi aniqlanadi. Tarvuz sharbatidan diabet kasalligida glyukoza miqdorini samarali kamaytiruvchi chora sifatida qo’llash mumkin.
Tabiiy Abujaxl tarvuzi
T.Topvoldiyev tomonidan yaratilgan Abu jaxl tarvuzi