Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali asosida 1964 yili Kuygan-yor qishlog’ida mustaqil Andijon paxtachilik instituti tashkil etildi.
1960 yilda filialda faoliyat ko’rsatib kelayotgan «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» kafedrasi tarkibidan 1964 yilda «Metallar texnologiyasi» kafedrasi ajralib chiqdi va 1987 yilda «Texnik mexanika» kafedrasi bilan birlashib «Metallar texnologiyasi va mashina detallari» kafedrasi bo’lib ish faoliyatini davom ettirdi.
1964 - 1968 yilgacha dotsent Goldiner Z.G., 1969 - 1978 yilgacha dotsent Memetov R.A., 1979-1986 yilgacha dotsent Igamberdiyev U.R., 1987 -1994 yilgacha dotsent Pulatov S.I., 1994-1998 yilgacha dotsent Igamberdiyev U.R., 1998 -2003 yilgacha dotsent Aliyev K.A., 2003-2004 yilgacha dotsent Qosimov K., 2004-2005 yilgacha dotsent Ataboyev K.,2005-2006 yilgacha dotsent Mamadjonov P.S., kafedra mudiri vazifasida ishlaganlar. 2006 yildan boshlab 2012 – yilgachat.f.n. Xamraqulov A.K. kafedra mudiri bo’lib ishladi. Xozirgivaqtdakafedranidotsent P.Mamajonovboshqaribkelmoqda.
«Texnik mexanika» kafedrasiga esa dotsent Varыvdin V.V., dotsent Xasanov D.S., dotsent Aliyev K.A. kafedra mudirlik vazifalarini bajarib kelganlar.
2004 yildan boshlab kafedra «Umumiy texnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi» nomi bilan atalib kelmoqda. «Umumiy texnika fanlari va HFX» kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 sentyabrdagi 415-tartibli «Respublika qishloq va suv xo’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish» to’g’risidagi qarori va O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vaziriligining 2004 yil 15 sentyabrdagi 207-tartibli buyrug’ining ijrosi bo’yicha institutning 2004 yil 27 sentyabrdagi 256-L tartibli buyrug’i bilan tashkil qilindi. Ushbu kafedra sobiq «Metallar texnologiyasi va mashina detallari», «Gidrotexnik inshoatlar va chizmachilik», «Mashina traktor parkini ishlatish va qishloq xo’jaligini elektrlashtirish» kafedrasi qishloq xo’jaligini elektrlashtirish bo’limi va «Mashinalar puxtaligi, ta’mirlash va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasining hayot faoliyati xavfsizligi bo’limlari asosisida tashkil etildi.
«Umumiy texnika fanlari va HFX» kafedrasi shakllanishida va yuksalishida sobiq dotsentlar va katta o’qituvchilar Raxmonaliyev I., Nosirov Z., Bo’taboyev SH., Mirzaev A.I., Ataxadjaev B.,Muxiddinov SH., Kontorovich M., Yusupov E.M., Bulatov R.B. va xozirda faoliyat ko’rsatayotgan Abduraximov T.U., Sultonov A.R., Jo’raev M., Ismoilov A., Asqarov Q., Qaxxarov O’., Samatov N. kabi yetakchi professor –o’qituvchilarning xizmatlarini e’tirof etish lozim.
Kafedrada xozirgi kunda institutda faoliyat ko’rsatayotgan barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari 19 ta fandan o’quv mashg’ulotlari o’tkazib kelmoqdalar. Ushbu mashg’luotlarni o’tkazishda jami 17 nafar professor o’qituvchilar jumladan 1 nafar ayol o’qituvchi faoliyat ko’rsatdi. Ulardan: 9 nafar fan nomzodlari dotsentlar (58,8 %), 4 nafari katta o’qituvchilar (11,8 %), 6 nafari assistentlar (29,4%) .
Bugungi kunda kafedrada quyidagi fanlar o’tilmoqda.
1. CHizma geometriya, chizmachilik va muxandislik grafikasi
2. Nazariy mexanika
3. Materiallar qarshiligi
4. Qurilish mexanikasi
5. Mashina va mexanizmlar nazariyasi
6. Mashina detallari
7. Ko’tarish va tashish mashinalari
8. Elektrotexnika, elektronika asoslari va elektr yuritma
9.Metrologiya, standartlash va o’zaroalmashuvchanlik
10. Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi
11. Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
12. Xayot faoliyat xavfsizligi
13. Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi
14.Qishloq xo’jaligini elektrlashtirish
15. Amaliy mexanika
16. Elektrotexnika, elektronika va avtomatika
Kafedra tasarrufida 30 tadan ortiq o’quv va laboratoriya xonalari va 1ta o’quv ustaxonasi mavjud. Barcha o’quv va laboratoriya xonalari xamda o’quv ustaxonasi yetarli jixoz va uskunalar bilan ta’minlangan.
Kafedra Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent Davlat agrar universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Toshkent texnika universiteti, Samarqand Qishloq xo’jalik instituti, Namangan muxandislik pedogogika instituti, O’zMEI, va ko’pgina ilmiy tadqiqot, ilmiy tekshirish institutlari bilan xam yaqindan xamkorlik qilib kelinmoqda va tajribalar almashilmoqda.Kafedra professor-o’qituvchilari Respublika va xorijiy mamlakatlarda bo’layotgan ilmiy anjumanlarda xam faol qatnashib kelmoqdalar. Ular Toshkent Davlat texnika universiteti, , Toshkent Davlat agrar universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Namangan muxandislik pedogogika instituti, Andijon Davlat universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalar institutining Fargona filiali va Rossiya federatsiyasining markaziy shaxarlardagi yetuk ilmiy muassasalarga borib o’z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Kafedrada 2011-2015 yildan boshlab «Qishloq ho`jalik vа meliorasiya mashinalari detallari resursini oshirishning texnologik asoslari» mavzusida davlat byudjetidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mavzu institut Ilmiy Kengashida tasdiqlangan, mavzu raxbari dotsent v.b. P. Mamajonov . Bundan tashqari oxirgi besh yilda kafedra a’zolari 6 ta innovatsion loyixa bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va olib bormoqdalar.
Olib borgan ilmiy, o’quv - uslubiy ishlar natijasida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta monografiya va broshyuralar, 5 ta o’quv qo’llanmalar 50 dan ortiq uslubiy ko’rsatmalar, chet el va respublika jurnallarida ilmiy konferentsiya to’plamlarida va ilmiy jurnallarida 150 ta dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
Xozirgi kunda kafedra professor - o’qituvchilari va aspirantlari tomonidan 1 ta doktorlik va 4 ta nomzodlik dissertatsiyalari yakuniy ximoyaga tayyorlanmoqda.
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlarida professor-o’qituvchilari bilan bir qatorda aspirantlar va iqtidorli talabalar faol ishtirok etmoqdalar.
Kafedraning ayrim o`quv va ilmiy laboratoriyalari