«Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va boshqaruv» kafedrasi 2004 yil 2 oktyabrda institutning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangandan keyin «Iqtisodiyot» kafedrasining asosida tashkil etilgan. «Iqtisodiyot» kafedrasi esa 2003 yil iyul oyida «Menejment va marketing» hamda «Agroiqtisodiyot» kafedralarining qo’shilishi natijasida tarkib topgan.
«Menejment va marketing» kafedrasi dastlab «Qishloq xo’jaligini boshqarish va hisoblash texnikasi» nomi bilan 1971 yilda tashkil etilib, unga 1985 yilga qadar dotsent Q.U.Usmonov, 1986-1995 va 1998-2002 yillarda dotsent A.A.Abdullaev va 1995-1997 yillarda dotsent A.Abdumannonovlar rahbarlik qilishgan.
«Agroiqtisodiyot» kafedrasi 1964 yilning sentyabr oyida «Siyosiy iqtisod va qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» nomi bilan tashkil etilgan bo’lib, unga 1964-1976, 1992-1993 va 1996-1998 yillarda professor O.Z.Zokirov, 1976-1982 yillarda dotsent G.K.Karimov, 1982-1992 yillarda dotsent S.P.SHermatov, 1993-1996 yillarda dotsent R.Isroilovlar mudirlik qilishgan.
2004-2011 yillar davomida «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va boshqaruv» kafedrasining mudiri vazifasini dotsent A.Abdullaev,2012 yil yanvar oyidan xozirgi kunga qadar dotsent B.Nosirov bajarib kelmokda. Kafedra faoliyati davomida quyidagi o’qituvchilar ishlaganlar, xamda ishlab kelmoqdalar.
O.Z.Zokirov iqtisod fanlari nomzodi, professor.
A.Abdullaev iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
B.Nosirov iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
O.SHermatov iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
O.X.Maxmudov iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
SH.Zokirov iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Z.Isroilov iqtisod fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
M.A.Abdullaev iqtisod fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
T.Iminov oliy ma’lumotli iqtisodchi, katta o’qituvchi
M.Usmonov oliy ma’lumotli iqtisodchi, katta o’qituvchi
N.S.Maxmudov oliy ma’lumotli iqtisodchi, katta o’qituvchi
T.YAqubov oliy ma’lumotli iqtisodchi, assistent
D.Islomova oliy ma’lumotli iqtisodchi, assistent
B.Raxmonova oliy ma’lumotli iqtisodchi, assistent
M.Qobulova oliy ma’lumotli iqtisodchi, assistent
A.Ergashev oliy ma’lumotli iqtisodchi, assistent
Hozirgi kunda kafedrada 15 nafar o’qituvchi to’liq shtatda, 2 nafar o’qituvchi o’rindoshlik asosida ishlamoqda. Ulardan 1 nafar professor va 5 nafar dotsent ilmiy unvonlariga hamda 2 nafari iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga egadir.
Kafedraga Iqtisodiyot (qishloq xo’jaligi) va Fermer xo’jaligini boshqarish bakalavriat ta’lim yo’nalishlari biriktirilgan.
Kafedrada bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar 50 dan ortiq umumiqtisodiy va maxsus fanlarni o’rganadilar.
Hozirgi kunga qadar kafedradan kunduzgi ta’lim buyicha 180 ta diplomli mutaxassislar va 600 dan ortiq Iqtisodiyot va Fermer xo’jaligini boshqarish yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlandi. Ulardan 5 tasi hozirgi kunda kafedrada ishlamoqda.
Kafedrada amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga maxsus jihozlangan 8 ta o’quv xonalari mavjud.
Kafedra jamoasi agrar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligini intensifi-katsiyalash, fermer xo’jaliklarida mahsulot raqobatbardoshligini oshirish masalalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. 2005-2010 yillarda kafedra jamoasi "Andijon viloyatida fermer xo’jaliklarini tashkil etish va iqtisodiy samaradorligini oshirish" mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajardi.
2011-2015 yillarda esa «Andijon viloyatida paxta-g’alla yo’nalishida faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari raqobat-bardoshligini oshirish» mavzusi bo’yicha dots. A.Abdullaev rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedrada so’nggi besh yilda 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop etildi, ular jumlasiga 1 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanmasi va 2 ta monografiya kiradi.
Kafedra mudiri dotsent Nosirov Bohodirjon 20.08.2012 yildan 20.12.2012 yilgacha Deutscher Akademischer Austausch Dienst granti asosida Germaniya davlatiga malaka oshirishga safarga ketdi.