Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti tizimida Agroiqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish kafedrasi tarkibidan, institut ilmiy kengashining 1996 yil 2 dekabrdagi qaroriga asosan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashkil etilgan.
Dastlab kafedrada 1996 yildan 1998 yil sentyabr oyigacha i.f.n. Xolboyev R, 1998 yil sentyabr oyidan 1999 yil fevral oyiga qadar i.f.d. professor Abdullaev A, 1999 yil fevral oyidan 2002 yillar mobaynida dotsent Qo’chqarov X., 2002 yil sentyabr oyidan 2005 may oyiga qadar dotsent Mamatxonov M, 2005 yil may oyidan 2006 yil dekabr oyigacha Komilov A, 2006 yil dekabr oyidan 2011 yil mart oyigacha i.f.n. Baratov X, 2011 yil mart oyidan 2011 yil noyabr oyigacha i.f.n. Suvonov I kafedra mudiri lavozimlarida ishlab ishlagan bo’lsalar, 2011 yil noyabr oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedrada institutning yosh va iqtidorli olimlaridan sanalgan i.f.n. Xojiboyev M kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi institutdagi eng yosh kafedra hisoblanadi. Xozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o’qituvchi to’liq shtatda ishlamoqda. Kafedrada institutning barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 25 ta fanlardan ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslari olib borilmoqda. SHuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institutda birinchilardan bo’lib mashg’ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida o’tish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda bir qator fanlardan elektron darslik va dasturlar mavjud.
Kafedrada amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga maxsus jihozlangan 6 ta o’quv xonalari mavjud. Kafedra 3 ta zamonaviy kompyuter, printer va ma’ruza xonalarida videoproyektor bilan ta’minlangan.
Kafedraning xozirgi kundagi tarkibi:
1. Xojiboyev Muxiddin - i.f.n. kafedra mudiri
2. Baratov Xokimjon - i.f.n. dotsent
3. Tursunov Ulug’bek - i.f.n. dotsent
4. Maxmudov Sayidjamol - i.f.n.
5. Komilov Akromjon - katta o’qituvchi
6. Komolov Xursanbek - katta o’qituvchi
7. Mamanazarov Tojimirza- assistent
8. G’opporov Maribjon - assistent
9. YUldashev Botirali - assistent
10. Jamoldinov Sardorbek- assistent
11. O’rishev Qaxramon - assistent
12. Imodinov Xamidillo - assistent
13. To’raboyeva Muhabbat - laborant
Kafedra tomonidan “Agrar tuzilmalarni moliyalashtirish va hisob yuritish tizimini takomillashtirish” mavzusi bo’yicha ilmiy ish olib borilmoqda va kafedra jamoasi viloyatdagi fermer xo’jaliklariga o’z maslaxatlarini berib kelmoqdalar.
Kafedrada 2009-2010 yillarda FTM grantlari asosida “Muqobil mashina traktor parkini (MMTP) bozor munosabatlariga moslashgan modelini amaliyotga joriy qilish” mavzusida innovatsion loyiha olib borildi. Bunda kafedraning 3 nafar professor o’qituvchisi ishtirok etdi (FTM granti innovatsion loyixa bo’yicha 2010 yilda 16 mln. so’m mablag’ olindi).
Kafedrada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan xolda tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda.
Kafedrada “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi bo’yicha institutni tamomlagan sobiq talabalardan 10 nafari Respublikamizning nufuzli ilmiy tadqiqot institutlarida o’z ilmiy faoliyatlarini davom ettirib fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan bo’lsa, ayrimlari rivojlangan mamalakatlarning nufuzli oliy dargoxlarida o’z bilimlarini mustaxkamlamoqdalar. SHuningdek, tayyorlangan bakalavrlar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, jumladan, soliq va bank tizimi, hamda qishloq xo’jaligining barcha sohalarida faoliyat ko’rsatmoqdalar.