AndQXI

На главную Карта сайта Обратная связь
O'zbek Русский English

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi

Автор: Admin от 4-10-2012, 10:09

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi


"O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992- yil 2- iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Gerbning markazida tasvirlangan - qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi - baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta'riflagan. Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U "qutlug"' degan ma'noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri - davlatimizning yo'li hamisha nurli bo'lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko'rsatib turadi. Boshoqlar - rizq-ro'zimiz bo'lmish g'allaning timsoli, oppoq bo'lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g'o'za shoxlari - serquyosh yurtimizning dong'ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug'doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog'iga o'xshagan lenta bilan o'rab qo'yilganligi - bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.

Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va "O'zbekiston" degan yozuv tillarangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashilrangda; tog'lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oqrangda; O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i tasvirlangan lenta to'rt xil rangda berilgan.

Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo'llaniladi. O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo'ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga boglik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o'zaro aloqa hujijatlarida ham gerb tasviri bo'ladi. Milliy valutamiz - so'mda ham davlat gerbi o'z ifodasini topgan. "Gerb" - so'zining tarxi haqida qisqacha ma'lumot. "Gerb" so'zi nemischa "erbo" so'zidan olingan bo'lib, shohlar va hukmdorlarga davlat,sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.

Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho'zilgan ulkan sharhadda hukm surgan qadimgi turk xoni O'g'uzxon davrida ham turkcha "tamg'a" so'zi aynan shu ma'noni bildirar edi. 12-asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy "Tanlangan tarixlar" nomli kitobida shahodat berishicha, O'g'uzxon o'z mulk-molini o'g'illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo'lib, in'om etgan. Ushbu davlatlar hukmdorlari ham o'zlarining xonlik tamg'alariga edi. Ko'rinib turibdiki, "tamg'a" so'zining ma'nosi nemischa "erbo" so'zining ma'nosiga to'la mos keladi. "TAMG`A" - so'z ma'nosi. Har qanday davlatning o`z tamg`asi, o`z bayrog`I, o`z madhiyasi bo`ladi. Ko`plar bu zamonaviy davlatchilik talablari ildizini G`arbdan qidirishga o`rganib qolganlar. Aslida esa unday emas. Talay o`zbek ziyolilari to`g`ri ko`rsatib berganidek, Erondan Oltoygacha bo`lgan mintaqalarga egalik qilgan turkiy xoqon O`g`izxon davlatida olmoncha "herbo" ma`nosini aynan ifodalaydigan "tamg`a" atamasi iste`molda edi. Demak, jahonda tamg`aning davlat ramzlarining biriga aylanishi ham, qaysidir tomondan, bevosita qadim o`zbek davlatchiligiga borib taqaladi. Tarixchi olimlarimizning Mirzo Ulug`bekka asoslanib ma`lumot berishicha, hozirgi O`zbekistonimiz tuprog`ida XIII-XIV asrlarda hokum surgan davlatlarda savdo karvonlaridan olinadigan "tamg`a solig`I" bo`lgan. Hatto, hozirgi ruscha "таможня" so`zi ham, aslida, aynan "tamg`a boji" birikmasidan olingan. Demak boj tizmi ham dastlab o`zimizda paydo bo`lgan.

Hurmatli saytimizga tashrif buyurgan mehmon, Siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Biz Sizga qayddan o'tishni yoki o'z login parolingiz bilan saytga kirishingizni so'raymiz.
Узнайте о самых последних новостях из мира высоких технологий на devays.ruи hi-tech новинок. Мы расскежем на foxtour.ru сколько стоит путевка в тайланд, а так же где можно хорошо отдохнуть. У нас на sevfiles.ru есть фильмы, игры и многое другое.

Sharxlar:

Sharx qoldirish
Используется технология AndQXI

So'nggi yangiliklar


Andijon qishloq xo’jalik insti ..


2013-2014 o'quv yilida Andijo ..
2013-2014 o'quv yilida Andijon qishloq xo'jalik institutiga bakalavriat bo'yicha qabulga abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma'lumot

Ta`lim muassasalari ta`lim yo` ..


Andijon qishloq xo’jalik insti ..
Andijon qishloq xo’jalik institutida 2013-2014 o’quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo’yicha qabul ko’rsatkichlarining ta’lim yo’nalishlari va o’qitish tillari ...

O'qishga marhamat!
O'qishga marhamat!

So'rovnoma


Saytimizga baho bering

A'lo
Yaxshi
O'rtacha
Yomon
Bilmayman

 
 

Onlayn


Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1

Foydalanuvchilar: 

отсутствуют

Robotlar: 

отсутствуют

 Oxirgi 20 ta foydalanuvchi: 

Abituriyentlar uchun


Abituriyentlarga

Shikoyatlar bor-mi?


Shikoyatlar bor-mi?

Xukumat portallari


  • www.gov.uz
  • www.press-service.uz
  • www.agro.uz
  • www.edu.uz
  • www.ziyonet.uz

Kalendar

«    Август 2013    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ob-havo

Все о погоде - Pogoda.uz

Статистика

Вверх