O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
Mutal Burxonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najod,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon.
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon !
NAQORAT:
Oltin bu vodiylar-jon O'zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' halq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali,tinchlik posboni,
Xaqsevar,ona yurt, mangu bo'l obod!
NAQORAT:
Oltin bu vodiylar-jon O'zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' halq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
"O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to'g'risida" gi Qonun 1992 - yil 10 - dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.
Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining asosiy timsollaridan biri bo'lib, u O'zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg'ularini uyg'otadi.
O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo'lini ko'ksiga qo'yib kuylaydilar va tinglaydilar.