Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti Andijon qishloq xo’jalik institutining o’quv-ilmiy va ma’muriy tarmog’i bo’lib, u 1991 yilning sentyabr oyida “Iqtisod” nomi bilan tashkil etilgan. Fakultet tarkibida o’sha davrda “Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Qishloq xo’jaligini boshqarish va hisoblash texnikasi”, “Siyosiy iqtisod” kafedralari bo’lgan bo’lsa, 1997 yilda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi, 1995-yilda “Menejment va marketing”, “Hisoblash texnikasi va kompyuterlashtirish”, “Oliy matematika” kafedralari tashkil etildi. 2004 yil sentyabridan fakultet “Iqtisodiyot va boshqaruv” nomi bilan yuritilmoqda.
Bugungi kunda esa fakultetda uchta Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruv, Buxgalteriya xisobi va audit hamda Oliy matematika va axborot texnologiyasi kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda.
Fakultetda uchta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
5340100 - «Iqtisodiyot»
5340900 - «Buxgalteri xisobi va audit»
5610100 - «Fermer xo’jaligini boshqarish» mavjud bo’lib jami 730 nafardan ziyod talaba taxsil olmoqda.
Hozirgi kunda fakultet kafedralarida hammasi bo’lib 45 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug’ullanmoqdalar. SHu jumladan, 1 ta professor, 16 nafari fan nomzodi va dotsentlar.
Talabalar ma’ruza darslarida
Fakultetda 2009-2012 yillarda quyidagi ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi:
- «Fermer xo’jaliklari ko’p tarmoqli kooperativlarini faoliyat yuritishining takomillashtirilgan mexanizmini joriy qilish» mavzusida innovatsion qiymati 6 mln. so’m;
- «Bozor iqtisodiyoti sharoitida ASMni boshqarish nazariyasi va boshqarish tizimi samaradorligini baxolashning ilmiy-uslubiy asoslari» mavzusida fundamental loyiha, loyiha qiymati 4,5 mln. so’m.
Bundan tashqari 2009-2011 yillarga mo’ljallangan FTM tomonidan e’lon qilingan innovatsion layihalar tanloviga «Muqobil mashina traktor parkini (MMTP) bozor munosabatlariga moslashgan modelini amaliyotga joriy qilish» mavzusida berilgan ilmiy tadqiqot ishi moliyalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida iqtidorli talabalar bilan ishlash O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va Kadrlar tayorlash milliy dasturi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan «Nizom» asosida olib borilmoqda.
Hozirgi kunda talabalar quyidagi to’garaklarda ish olib bormoqdalar:
1. Auditor
2. YOsh iqtisodchi
3. Algoritm
4. YOsh matematik
5. Ingliz, Nemis tillari
Iqtidorli talabalar bilan ishlashning tizimli asosda olib borishi natijasida fakultet talabalaridan F.YAxshiboyev, A.Mannopov, E.Qirg’izov, B.Umarqulov, B.Tolipov, R.Ermatov, A. Erkaboyev, M. Xashimov va G.Raximovalar Germaniya davlatlarida o’quv amaliyotini o’tab qaytdilar.
Talabalar kompyuter amaliyotida
Fakultetda professor-o’qituvchilarning malaka oshirishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikada o’tkazilayotgan turli tanlovlarda faol qatnashishmoqdalar. Jumladan, fakultetning ikki nafar professor-o’qituvchisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi granti sovrindorlari bo’ldilar. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent B.Nosirov Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida hamda Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent D.Toshpo’latov Sankt-Peterburg Davlat politexnika universitetida o’z malakalarini oshirib qaytdilar. U yerda olgan tajribalarni hozirgi kunda o’quv jarayonida samarali qo’llamoqdalar. Bundan tashqari fakultetning barcha professor-o’kituvchilari Respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlarida muntazam ravishda o’z malakalarini oshirib bormoqdalar.
D.Toshpo’latov Sankt-Peterburg Davlat politexnika universitetida