Andijon qishloq xo’jalik instituti Axborot – Resurs markazi 2006 yil institut kutubxonasi qoshida tashkil topgan.
Axborot – Resurs markazi Andijon tumanining Kuygan – yor shaxarchasida joylashgan bo’lib, markazni Berdikulova Iroda Ikromjanovna boshqaradi.
Axborot – Resurs markazi Oliy ta’lim muassasalarining asosiy tarkibiy qismi xisoblanib, ta’lim–tarbiya jarayoni va ilmiy tadqiqotlarni kitoblar, jurnallar, xujjatlar, axborotlar bilan to’liq va samarali ta’minlaydi va u bilimlar tarqatuvchi, ma’naviy-ma’rifiy madaniyat markazi xisoblanadi.
Axborot – Resurs markazi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga ta’lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlariga, ta’lim muassasasi ustaviga, raxbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, institut ichki tartib qoidalari, hamda Axborot – resurs markazi nizomiga amal qiladi.
Axborot – Resurs markazi umumiy maydoni 17052, binosi texnik xolati zamonaviy, kapital ta’mirlashga muxtoj emas. Fond umum xajmidagi band tokchalarning umumiy soni – 3426 ta, Axborot – Resurs markazi soni-5 ta.
Axborot-Resurs markazi kitob fondi muntazam ravishda yuqoridan kelgan o’quv adabiyotlarini olish to’g’risidagi ro’yxatlar, institut professor-o’qituvchilarini kitob do’konlarida mavjud bo’lgan adabiyotlarni olish to’g’risidagi tavsiyalari va boshqa Oliy ta’lim muasasalaridan yuborilgan tavsiyalar asosida darslik va o’quv qo’llanmalarning yangi avlodini xarid qilish yo’li bilan to’ldirilib borilmoqda.
Axborot – Resurs markazi umumiy fondi 192330 nusxadan ortiq kitob jamg’armasiga ega bo’lib, shundan 25848 nusxa ilmiy adabiyotlar, 101350 nusxadan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar, 45966 nusxa badiiy adabiyotlar, 10000 nusxadan ortiq lug’atlar, monografiyalar va 10333 nusxa boshqa turdagi kitoblar jamg’armasiga ega. Xozirgi vaqtga kelib Axborot – Resurs markazi darslik va o’quv qo’llanmalarning 30% ni lotin yozuvidagi kitoblar tashkil etadi.
Axborot – Resurs markazida 6 ta bo’lim faoliyat ko’rsatadi.
1. Ilmiy metodika bo’limi
2. Kitobni qabul qilish, qayta ishlash, kataloglashtirish bo’limi
3. Elektron axborot resurslar va bosma adabiyotlar bo’limi (o’quv zallari)
4. Marketing va axborot xizmati ko’rsatish bo’limi
5. Kitobni saqlash bo’limi
6. Axborot texnologiyalari bo’limi
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti tomonidan yaratilgan KARMAT (Korporativ axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi) oliy ta’lim muassasaoarining Axborot – Resurs markazlari xodimlari uchun avtomatlashtirilgan elektron katalog bilan ishlash buyicha ukuv kurslarida Axborot Resurs markazining 2 nafar xodimi 2012 yil 6-11 avgust kunlari katnashdilar. IRBIS dasturiga kiritilgan jamgarmani KARMAT (Korporativ axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi)ga utkazilib elektron katalogini yaratish yulga kuyildi. SHu kungacha 1000 nomda 10000 nusxa kitoblarning elektron katalogi yaratildi. SHuningdek, 2 ta lazer printer, 2 ta nusxa ko’chiruvchi apparat, skaner, televizor va video magnitofonlar doimo foydalanuvchilar xizmatida.
Axborot – Resurs markazida 2150 ga yaqin ma’ruza matnlarining elektron versiyalari, 29 ga yakin elektron darsliklar, 100 dan ortiq barcha fanlardan kutubxonada kam kitoblarning elektron variantlari skaner qilinib kompyuter xotirasiga joylashtirildi. 143 dan ortiq turli mavzularda multimediyalar mavjud.
Jami kutubxona xodimlari 28 nafar, shundan Oliy ma’lumotli 5 nafar Oliy maxsus ma’lumotlar 4 nafar, o’rta ma’lumotlilar 19 nafar, o’rta maxsus ma’lumotlilar 2 nafarni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2011 yil 28 dekabrdagi 525-sonli buyrug’i va institut qoshidagi “Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi”ni 2012 yil ish rejasiga asosan Toshkent Davlat Madaniyat institut qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida Oliy ta’lim muassasalari Axborot-resrus markazi raxbari xodimlarni 2012 yilda malakasini oshirish rejasida institut Axborot-resurs markazi xodimlaridan 6 nafari 1-yarim yilligida malaka oshirish kurslarida bo’lib qaytdilar.
Axolini barcha qatlamlari Axborot-Resurs markazidan erkin foydalanish xuquqiga ega, ochik va yopik fondlar mavjud. Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish tartibi ertalab soat 8 00 dan 16 00 gacha, institut talabalar turar joyida joylashgan talabalarga xizmat ko’rsatuvchi 3- ukuv zali ertalab soat 8 00 dan soat 21 00 gacha ishlaydi.
Axborot – Resurs markazida institut ma’naviyat-ma’rifat kengashi tomonidan aloxida tadbirlar ishlab chiqilgan. Tuman xokimligi, Xotin-kizlar qo’mitasi, ma’naviyat- ma’rifat markazi, qishloq va maxalla fuqarolari yig’inlari bilan yil boshida shartnomalar tuzilib, tasdiqlanib, ommaviy axborot ishlari birgalikda olib boriladi. Yil davomida turli mavzularga oid 60 ga yaqin tadbirlar o’tkaziladi.
Andijon viloyati xokimining 2012 yil “Viloyat xokimligi xuzuridagi narkotik moddalarni nazorat kilish mintakaviy komitssiyasining yig’ilish bayoni” to’g’risidagi 03/13-264-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rektori B.Sulaymonovning 19 may 2012 yil № 165-V sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot-resurs markazida bajariladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Axborot-resurs markazi va uning barcha tarmoqlarida, o’quv zallarida giyoxvandlik va uning salbiy oqibatlarini oldini olish va sog’lom turmush tarzi targ’ii borasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida “Xushyorlik-osoyishtalik garovi”, “Giyoxvandlik-og’ir illat”, “Og’upurishlik-og’ir jinoyat” kabi mavzularda kitob ko’rgazmalari, burchaklar, estalik varaqalar tashkil etildi.
Foydalanuvchilarga mavjud adabiyotlarni va vaqtli matbuot nashrlarini foydalanuvchilarga tez va sifatli yetkazib va ularni keng targ’ib etishda Axborot – Resurs markazi ko’rgazma zallarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, maqola, nutqlari, farmonlari asosida «Prezident asarlari o’rganamiz» mavzusida kitob ko’rgazmalari, 2012 yil «Mustaxkam oila yili»ga kitob, rasmli ko’rgazmalar, «Milliy istiqlol g’oyasi», O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan «Konstituttsiya qonun ximoyachisi», yangi kelgan adabiyotlarning «Tanishining yangi kitoblar» mavzularida doimiy kitob ko’rgazmalari tashkil etilgan.