O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, institut rektori buyruqlarining mas’ullarga yetkazish va nazoratini olib borishni ta’minlaydi. Bundan tashqari institutga keluvchi hujjatlarning to’g’ri hisobga olish, o’z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish, institutdan chiquvchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlab borishda bo’limning xizmatlari katta.
Rektor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish, rektor ko’rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish,rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirib borish ishlarini amalga oshiradilar.
Kiruvchi xat-xabarlarni, institut rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish, ijro etilgan hujjatlarni yig’ma jildlarga tikib qo’yish,ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradilar.
Institutda arxiv ishlarini yuritishni Arxiv mudiri olib boradi. Arxiv mudiri hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish, saqlash va foydalanish, tizimlashtirish, arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini ekspertiza qilishni tashkil etish bo’yicha ish yuritish, doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni ajratish, saqlash bo’yicha muhlati o’tgan hujjatlarni yo’q qilish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarni tuzish, arxivda bor hujjatlarga asoslanib arxiv ma’lumotnomasini berish, saqlash muddatlarini aniqlashtirish, hujjatlarga fond tartib raqamini berish, Arxiv xonalarini tegishli yong’inga qarshi ahvolda saqlash, yorug’lik tushishini kuzatish,issiqlik tizimini, aloqa vositalarini kuzatish, yig’majildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, ish yuritish bo’yicha tugallangan hujjatlarni arxivga topshirilishini nazorat qilish, belgilangan hisoni o’z vaqtida topshirish, ish yuritish yo’riqnomasini ishlab chiqish, DAK hujjatlarini qabul qilish, testdan yiqilgan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni tashkil etadi.
Bo’lim kur’eri tomonidani institut nomiga yo’llangan xat va hujjatlarni Vazirlik devonxonasidan, boshqa oliy o’quv yurtlari va muassasalardan, aloqa bo’limlaridan qabul qilib olish, shuningdek jo’natiluvchi hujjatlarni ko’rsatilgan joylarga yetkazib berish;
Hujjatlarni qabul qilib olish chog’ida xat jildlarga qo’yilgan raqamlarga muvofiq ekanligini tekshirish;
Xat jildlarga solinmagan pochtani olish hollarida ilovalar mavjudligini tekshirish;
Rektorning ko’rsatmasiga binoan hujjatlarni ijrochilarga maxsus daftarga qo’l qo’ydirib, o’z vaqtida topshirish ishlari olib boriladi.
Nusxa ko’chirish-ko’paytirish uskunasi operatori tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirliklari va Andijon viloyati xokimliklaridan korporativ informatsion tizim orqali keladigan hujjatlarni qabul qilish, o’z vaqtida va sifatli nusxa ko’chirish ishlarini bajarish, elektron pochta orqali xatlarni o’z vaqtida qabul qilish, o’z vaqtida kerakli ma’lumotlarni jo’natish, operator EHMni ish uchun tayyorgarligini nazoratini amalga oshirish, EHMni ish faoliyati sifatini oshirish, EHMni texnik ko’rikdan o’tkazib turishni nazorat qiladi va bajarib boradi.
Devonxona va arxiv bo’limi xodimlari institutning ma’naviy ma’rifiy va jamoatchilik tadbirlarida faol ishtirok etadilar, Axborot soatlarida o’zlarining siyosiy bilimlarini oshirib boradilar.
Ular ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tanishib, o’zlarining bilimlarini doimo oshirib borishga harakat qiladilar.