Institutda talaba-yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida keng ko’lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi mazkur ishlarni tashkil etish va yuksak saviyada o’tkazishni ta’minlash bilan shug’ullanadi.
Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’zaro hamkorlikda o’tkazilishini ta’minlash maqsadida maxsus tizim shakllantirilgan. Mazkur tizim jamoa a’zolari orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedralari, jamoat tashkilotlari va boshqa bo’g’inlarning samarali faoliyat ko’rsatishi imkonini bermoqda.
Institutda o’quv yili uchun mo’ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari tuzilgan va izchil amalga oshirilmoqda. Shu reja asosida har bir fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ish rejasi ishlab chiqilib tadbirlarning izchil ravishda amalga oshirilishi ham markaz tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda. Fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada yaxshilash maqsadida bosqich va guruh murabbiylari o’z rejalariga asosan talabalarning darsga qatnashishlarini nazorat qilish, ularning intizomi, xulq-atvoridan, yashash va dam olish sharoitlaridan, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazayotganidan doimo xabardor bo’lib, tahlil qilib va ular bilan muntazam ravishda Vatan tuyg’usi va istiqlolning mohiyati to’g’risida suhbatlar o’tkazib bormoqdalar.
Institutda 4 ta “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari faoliyatini davr talabi darajasida tashkil etish, ularni haqiqiy targ’i-tashviqot shoxobchalariga aylantirish ustida muntazam ish olib borilmoqda.
Yurtboshimiz tashabbusi va hukumat qarorlariga muvofiq “Homiylar va shifokorlar yili”, “Ijtimoiy ximoya yili”, “Yoshlar yili”, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, “Barkamol avlod yili”, “Kichik biznes va tadbirkorlik yili”, “Mustahkam oila yili” davlat dasturlari qabul qilinganligi munosabati bilan institutda ham maxsus tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, ularning ijrоsini ta’minlash bo’yicha keng ko’lamkli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” markaziga 2001 yildan buyon qishloq xo`jalik fanlari nomzodi, dotsent, O`zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi Habibjon Siddiqov rahbarlik qilmoqda.