AndQXI

На главную Карта сайта Обратная связь
O'zbek Русский English

Xalqaro aloqalar bo'limi

Автор: Admin от 16-11-2012, 10:21

Xalqaro aloqalar bo’limi institutda xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari tajribalarini o’quv, ilmiy tadqiqot va tashkiliy ishlariga samarali qo’llanilishini muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo’limdir. Bo’lim institutda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jaxon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

 

Bo’lim xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida quyidagi vazifalarni bajaradi:

 

- Institut bilan xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o’rtasida o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida yuqori tashkilotlarning qoidalariga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish; 

 

- Institutga tashrif buyurayotgan xorijiy hamkor vakillari uchun yuqori tashkilotlarning qoidalariga muvofiq rasmiy ishlarni yuritish; 

 

- Institutning professor – o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari (aspirant, doktorant), rahbar xodimlari va talabalari (magistrant, bakalavr)ni chet el xizmat safariga borishlari uchun hujjatlarini tayyorlashga ko’mak berish; 

 

- Institut professor – o’qituvchilarini, ilmiy tadqiqotchilar (aspirant, doktorant)ni, rahbar xodimlarni va talabalar (magistrant, bakalavr)ni chet tillari kurslariga jalb qilish; 

 

- Institut professor – o’qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari (aspirant, doktorant)ning ilmiy salohiyatini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi va boshqa tashkilotlar tanlovlariga va xalqaro malaka oshirish kurslariga tavsiya qilish; 

 

- Institutning fakultet va kafedralar bilan hamkorlikda xalqaro aloqalar ishlarining rejasini tayyorlash; 

 

Har yili TEMPUS tanlovlarida yevropa universitetlari bilan hamkorlikda dolzarb masalalarga qaratilgan loyixalar bilan ishtirok etmoqda.

 

Hozirgacha TEMPUS-DESPES, TEMPUS-SESSAPE loyixalari muvafaqqiyatli bajarildi. SHuningdek Gernaiyaning Vaynshtefen universiteti bilan GTZ loyihasida ishtirok etmoqda.

 

Germaniyaning LOGO tashkiloti bilan xamkorlikda institutning yuqori bosqich talabalari Germaniya fermer ho’jaliklarida ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish yo’lga qo’yilgan.

 

Hozirgi kunda institut Xalqaro aloqalar bo’limiga texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdurasul Xakimov boshchilik qilmoqda. Andijon qishloq xo’jalik institutining bir qator professor-o’qituvchilari yevropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida o’quv rejalarini takomillashtirish bo’yicha xalqaro xamkorlik loyihasida qatnashmoqdalar. Loyiha “Environment protection through Development and Application of Sustainable Agriculture Technologies – EPASAT” (Barqaror qishloq xo’jaligi texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash orqali atrof muhitni muxofazalash) deb nomlanib, 2011-2014 yillarga mo’ljallangan. 

 

Loyihaga yevropadagi yuqori nufuzli o’quv yurtlaridan biri bo’lgan Italiyaning L’Akuila universiteti nomidan professor Anna Totstsi umumiy rahbarlik qiladi. Bundan tashqari yevropadan yana 4 ta va Markaziy Osiyodan 15 ta, jami 20 ta o’quv yurtlari va tashkilotlar qatnashmoqda. O’zbekistondan Samarqand qishloq xo’jalik instituti va Andijon qishloq xo’jalik instituti mazkur loyiha qatnashchilari hisoblanadi. Institutimiz tomonidan loyiha koordinatori sifatida xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i t.f.n., dotsent A.Xakimov ish olib bormoqda.

 

Loyihaning umumiy maqsadi Markaziy Osiyo (O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston) mamlakatlarida ilg’or yevropa tajribasiga mos holda atrof muhit uchun zararsiz va maxsus ishlab chiqilgan uslubiyotga mos holda uch bosqichli Bakalavriat-Magistratura-Doktorantura integrallashgan ilg’or tizimini yaratishdan iborat. Loyihaga bunday mavzu tanlanishiga sabab Markaziy Osiyoning hududiy tavsifi, jamiyatdagi demokratlashtirish jarayoniga mos tez o’zgarishlar, fermerlikda tadbirkorlik tajribasining yetishmasligi, bozorning globallashuvi, qishloq joylarida turmush darajasini yaxshilash hamda tuproqni, an’anaviy dehqonchilik madaniyati va mahalliy xususiyatlarni saqlab qolish xisoblanadi. 

Hurmatli saytimizga tashrif buyurgan mehmon, Siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Biz Sizga qayddan o'tishni yoki o'z login parolingiz bilan saytga kirishingizni so'raymiz.
Узнайте о самых последних новостях из мира высоких технологий на devays.ruи hi-tech новинок. Мы расскежем на foxtour.ru сколько стоит путевка в тайланд, а так же где можно хорошо отдохнуть. У нас на sevfiles.ru есть фильмы, игры и многое другое.

Sharxlar:

Sharx qoldirish
Используется технология AndQXI

So'nggi yangiliklar


Andijon qishloq xo’jalik insti ..


2013-2014 o'quv yilida Andijo ..
2013-2014 o'quv yilida Andijon qishloq xo'jalik institutiga bakalavriat bo'yicha qabulga abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma'lumot

Ta`lim muassasalari ta`lim yo` ..


Andijon qishloq xo’jalik insti ..
Andijon qishloq xo’jalik institutida 2013-2014 o’quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo’yicha qabul ko’rsatkichlarining ta’lim yo’nalishlari va o’qitish tillari ...

O'qishga marhamat!
O'qishga marhamat!

So'rovnoma


Saytimizga baho bering

A'lo
Yaxshi
O'rtacha
Yomon
Bilmayman

 
 

Onlayn


Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1

Foydalanuvchilar: 

отсутствуют

Robotlar: 

отсутствуют

 Oxirgi 20 ta foydalanuvchi: 

Abituriyentlar uchun


Abituriyentlarga

Shikoyatlar bor-mi?


Shikoyatlar bor-mi?

Xukumat portallari


  • www.gov.uz
  • www.press-service.uz
  • www.agro.uz
  • www.edu.uz
  • www.ziyonet.uz

Kalendar

«    Август 2013    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ob-havo

Все о погоде - Pogoda.uz

Статистика

Вверх