O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 18 iyuldagi 307-sonli «ZiyoNET» tarmog’ini axborot ta’lim resurslari bilan boyitib borish to’g’risidagi buyrug’iga asosan «ZiyoNET» ta’lim tarmog’iga joylashtirishga taqdim etilgan ma’ruza matnlari ro’yxati.
B.Z.Nosirov. Qishloq xo’jaligida shartnomaviy munosabatlar.
Mazkur fanning maqsadi – fermer va dehqon xo’jaliklarida xo’jalik shartnomalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash, qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko’rsatish tashkilotlari o’rtasida shartnomalar tuzish va ularni ro’yhatdan o’tkazish; kontraktatsiya shartnomalari tuzish; hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lgan tomonlarning huquq va majburiyatlarini tadqiq etishdir.
B.Abdullaev, Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish
Ushbu ma’ruzalar matni Davlat ta’lim standartining «Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanini o’rganish bo’yicha talablari asosida tayyorlangan bo’lib, unda qishloq xo’jaligi korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va ularni boshqarish tizimi, qishloq xo’jaligi korxonalarini ixtisoslashtirish, ularning maqsadga muvofiq hajmini belgilash, yer-suv, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, ishlar va mehnatni normalashtirish, mehnatga haq to’lash, ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxni hisoblash, baho belgilash tizimi masalalari yoritilgan.
M.Abdullaev. Agrologistika.
Ma’lumki turli sifatga ega bo’lgan moddiy oqimlarning xarakatlanishiga oid faoliyat turlari logistikaning mazmunini tashkil etadi. Logistika asosiy mazmun va mohiyati jihatidan xomashyo va materiallarni ishlab-chiqaruvchilarga, istemolchi-larga yetkazish jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish, transport operatsiyala-rini tashkil etish va boshqarish, yuklarni omborlarda saqlashni tashkil etish, mahsu-lotlarni is’temolchiga uning talablariga ko’ra yetkazib berish bilan bog’lik muam molar yechimini topishni ko’zda tutadi.
O.Qodirov.
O'simlikshunoslikning biologik asoslari MA’RUZA MATNLARI.
Farida Kamolova.
Mazkur ma’ruza matn institut 2-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda “Etika”, “Estetika” va "Mantiq" fanlarining ayrim muammolari yoritilgan.