O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 18 iyuldagi 307-sonli «ZiyoNET» tarmog’ini axborot ta’lim resurslari bilan boyitib borish to’g’risidagi buyrug’iga asosan «ZiyoNET» ta’lim tarmog’iga joylashtirishga taqdim etilgan taqdimot materiallari ro’yxati.
1. B.Abdullaev. Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish.
Ushbu ma’ruzalar matni Davlat ta’lim standartining «Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanini o’rganish bo’yicha talablari asosida tayyorlangan bo’lib, unda qishloq xo’jaligi korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va ularni boshqarish tizimi, qishloq xo’jaligi korxonalarini ixtisoslashtirish, ularning maqsadga muvofiq hajmini belgilash, yer-suv, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, ishlar va mehnatni normalashtirish, mehnatga haq to’lash, ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxni hisoblash, baho belgilash tizimi masalalari yoritilgan.
2. M.Abdullaev. Agrologistika.
Ma’lumki turli sifatga ega bo’lgan moddiy oqimlarning xarakatlanishiga oid faoliyat turlari logistikaning mazmunini tashkil etadi. Logistika asosiy mazmun va mohiyati jihatidan xomashyo va materiallarni ishlab-chiqaruvchilarga, istemolchi-larga yetkazish jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish, transport operatsiyala-rini tashkil etish va boshqarish, yuklarni omborlarda saqlashni tashkil etish, mahsu-lotlarni is’temolchiga uning talablariga ko’ra yetkazib berish bilan bog’lik muam-molar yechimini topishni ko’zda tutadi.
3. O.Maxmudov. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti.
5340100 – Iqtisodiyot (qishloq xo’jaligi) ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan. Agrosanoat majmui samaradorligining asosiy mezoni yakuniy mahsulot qiymati hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulot nobudgarchiligini pasaytirishda, tarmoqlarni yetuk kadrlar bilan ta’minlashda, ularning mehnat qobiliyatini tiklashda, shuningdek, ASM tarmoqlarining o’zaro uzviy bog’liqligini ta’minlashda infratuzilmaning ahamiyati katta.
4. O.Maxmudov. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi.
«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» fan sifatida mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni, shu jumladan, mehnat mohiyati namoyon bo’lishining o’ziga xos shakllari, chunonchi ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, unga haq to’lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiologiyasi bilan bog’liq bir qator muammolarni o’rganadi. «Mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi» iqtisodiy va ijtimoiy fan sifatida jamiyatdagi o’zaro muvofiqlik va moslashuv jarayonlarini tushuntirib beradi.
5. B.Raxmonova. Menejment.
5340100 – Iktisodiyot ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. Ushbu fanni o’rganish natijasida talabalar korxonani boshqarish sohasida bilim olish bilan birgalikda tashkilot uchun muhim bo’lgan hodimlar muammolarini aniqlash va tahlil etish ko’nikmalarini egallaydilar. Zamon talablariga mos, fidoiy, tashabbuskor mutaxassislarni, bo’lajak rahbar kadrlarni tayyorlashda “Menejment” fani alohida ahamiyatga ega.
6. G’ulomqodirov M. Huquqshunoslik.
Taqdimot materiallarida inson va fuqorolarning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquq va erkinliklarining mazmun va mohiyati yoritilgan.
7. Samatov N. Transformatorlar.
O’zgaruvchan tok kuchlanishini o’zgartiruvchi statik elektromagnit apparat, yoki kuchlanish miqdorini orttirib yoki kamaytirib beradigan elektroinduktsion statik apparat – transformator deyiladi.
8. Ergashev I. Iqtisodiyot Nazariyasi
Mazkur takdimot institut 1-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda iktisodiyot nazariyasining kirish kismi xakida yoritilgan.