Andijon qishloq xo’jalik instituti «Ichki inspektsiya va monitoring» bo’limi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’kuv ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207-sonli buyrugiga asosan tashkil etilgan.
«Ichki inspektsiya va monitoring» bo’limi institutda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar , kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarining o’kuv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash , Hay’at va Ilmiy Kengash qarorlari, Vazirliklar va institut bo’yicha chiqarilgan buyruqlarni va ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Institutda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’grisida»gi qonunlari, ta’lim masalalari bo’yicha Respublika hukumati qarorlari, , Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirliklarining Hay’at qarorlari, buyruq, yo’riq, xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning monitoring bo’limiga, tegishli boshqarmalariga o’z muddatida sifatli taqdim qiladi.
«Ichki inspektsiya va monitoring» bo’limi mansab jadvali boshliq-prorektor, boshliq muovini, bosh metodist va inspektorlardan iboratdir.
Boshliq:
Institutda O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari yuqori tashkilotlarning qror va farmoyishlarini Vazirlikning Xay’at qarori, buyruq. yo’riq, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek institutning ilmiy kengash qarori va buyruqlarining bajarilishi nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish;
Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va institut bo’yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda institut moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish;
Professor-o’qituvchilar tarkibi va ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash sifati, ichki nazoratini tashkil etilishini ta’minlash;
Institut boshqarish organlari hamda Ilmiy kengash ta’lim tizimini isloh qilishni takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlanishini ta’minlash;
Institut qaror va buyruqlarining ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy takliflar tayyorlash;
Turdosh oliy o’kuv yurtlarining ilg’or tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga imkoniyat yaratish;
Yo’riqchi:
Institutda monitoring va inspektsiya bo’yicha tayyorlangan ma’lumotlarni o’z vaqtida sifatli rasmiylashtirilishini ta’minlash;
YUqori tashkilotlardan kelgan buyruqlar, ko’rsatmalar va yo’riqnomalarga tegishli javoblarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishini va ularni jo’natilishi bo’yicha tegishli bo’limlarga yetkazilishini ta’minlash;
Institut devonxonasi, Kadrlar bo’limi, Axborot texnologiyalari bo’limi bilan muntazam aloqa o’rnatish va o’kuv jarayoniga tegishli yangi ma’lumotlarni o’z vaqtida olinishini va ular haqida bo’lim rahbari monitoring hamda inspektsiya xodimlarini o’z vaqtida xabardor bo’lishlarini ta’minlash;
Bo’limga tegishli barcha xujjatlar, ko’rsatmalar. Yo’riqnomalar, axborotlar, ma’lumotnomalar va boshqa xujjatlarni tegishli yig’ma jildlarda sifatli saqlanishini ta’minlash va kompyuter texnikalari bo’yicha o’z mahoratini mukammallashtirib borishini ta’minlash.
«Ichki inspektsiya va monitoring» bo’limi mansablari tarkibi talabalar soniga binoan institutga ajratilayotgan mablag’ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilangan. «Ichki inspektsiya va monitoring» bo’limi boshlig’i vazirlik bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlangan.
«Ichki inspektsiya va monitoring» bo’limi o’z faoliyatini vazirliklar bilan kelishilgan holda institut rektori tasdiqlagan rejaga muvofiq amalga oshiradi.
«Ichki inspektsiya va monitoring» bo’limi faoliyati har yili institut Ilmiy kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hiso vazirlikka o’quv yilining oxirida taqdim etiladi.
“Ichki inspektsiya va monitoring” bo’limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
1. Andijon qishloq xo’jalik institutining 2012 yil 22 oktyabrdagi 380-L sonli buyrug’i bilan tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan Agronomiya fakultetining O’simlikshunoslik kafedrasida “Institutda ijro intizomini nazorat qilish yuzasidan 2012-2013 o’quv yili uchun tasdiqlangan O’rganish rejasi”ga asosan joriy yilning 27, 29 va 30 oktyabr kunlari oliy ta’limga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari, o’quv, ta’lim, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirliklarining buyruqlari, Xay’at qarorlari va topshiriqlarini bajarilishi bo’yicha o’rganish ishlari olib borildi. 2. O’simlikshunoslik kafedrasida o’tkazilgan o’rganish yakuni bo’yicha Ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda 31.10.2012 yilda tegishli ma’lumotnoma yozib chiqildi.
SHuningdek, soat 18.00dan keyin rektor yordamchisi X.Mashrapov va Xotin-qizlar qo’mitasi raisi YU.Nishonovalar bilan birgalikda institutdagi talabalar turar joylarida yashab kelayotgan talabalar va ushbu yotoqxonalarga navbatchi sifatida biriktirilgan mas’ul xodimlar nazorat o’tkazildi.
3. 31.10-02.11.2012 yilda bo’lim tomonidan institut rektori huzurida o’tkaziladigan haftalik yig’ilishlaridan so’ng, ushbu yig’ilishlar bo’yicha kafedralarda yig’ilishlar o’tkazilishi va tegishli bayonnomlar rasmiylashtirilishi xolati o’rganib chiqildi va natijasi bo’yicha tegishli ma’lumot rektoratga taqdim etildi.
4. Joriy yilning 1 va 3 noyabr kunlari Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor R.Abdiraxmonov, KVP bosh vrachi hamda Xotin-qizlar qo’mitasi raisi YU.Nishonovalar bilan birgalikda institut hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari (4 ta oshxona va 1 ta bufet) faoliyatlari o’rganib chiqildi va tegishli ma’lumotnoma rektoratga taqdim etildi.
5. Joriy yilning 1 va 2 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarining ijrosi yuzasidan oktyabr oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hiso 1 va 2-jadvallar ko’rinishida tayyorlanib, OO’MTVga elektron ravishda taqdim etildi.
6. Joriy yilning 01-03 noyabr kunlari o’quv ishlari bo’yicha 1-prorektor Z.Jumaboyev, o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i N.Samatov va fakultet dekanlari Z.Bo’stonov, X.Kamolov va A.Xamraqulovlar bilan birgalikda talabalarni ertalab darsga kelishi nazorat qilindi va kech qolganlarning ro’yxati fakultet dekanlari tomonidan tegishli choralar ko’rish uchun berildi.