AndQXI

На главную Карта сайта Обратная связь
O'zbek Русский English

"OLIY MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" KAFEDRASI

Muallif: Admin от 2-11-2012, 15:24

Kafedra mudiri: Iqtisod fanlari nomzodi Toshpo‘latov Dilshodbek Shermuhammedovich

 

Toshpulatov Dilshodbek


D.Sh.Toshpo‘latov 1997 yilda Andijon Davlat universitetining Matematika fakultetini bitirgan. Shu yildan boshlab Andijon qishloq xo‘jalik institutining “Oily matematika” kafedrasining assistenti, so‘ngra katta o‘qituvchisi, 2007-2011 yillarda “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti dekan muovini lavozimida ishladi. 2012 yildan “Oily matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 30 dan ortiq ilmiy maqola hamda uslubiy ko‘rsatmalar muallifi.

 

“Oliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi haqida ma’lumot 

 

Respublikadagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik hajmdagi kafedralarni bir-biriga qo‘shib, yirik kafedralar tashkil etish munosabati bilan 2004 yilda "Oliy matematika" va "Informatika va axborot texnologiyalari" kafedralari birlashtirilib, "Oliy matematika va axborot texnologiyalari" kafedrasi tashkil etildi.

 

"Oliy matematika" kafedrasi 1964 yili institut tuzilgan kundan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelgan. Kafedraga dastlab fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Boratov mudirlik qilgan. Keyinchalik fizika-matematika nomzodlari, dotsentlar U.Anorboyev, T.Qayumov, R.Jo‘raqulov, A.Davlatov hamda texnika fanlari nomzodi A.Valixonovlar kafedra mudiri vazifasida ishlaganlar. Kafedrada ko‘p yillar davomida fizika-matematika fanlari nomzodi G.Usmonov, katta o‘qituvchilar M.Oxunov, G.E.Novikov, mehnat fahriylari R.Bobojonov, A.Mamajonovlar faoliyat ko‘rsatgan.

 

"Informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasi 1995 yilda “Qishloq xo‘jaligini boshqarish va hisoblash texnikasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Kafedraga 2004 yilgacha texnika fanlari nomzodi, dotsent N.Karimov mudirlik qilgan. Kafedrada uzoq yillar texnika fanlari nomzodi, dotsent A.Azizov, iqtisod fanlari nomzodi B.Nosirovlar ishlagan. B.Nosirov hozirda “Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.

 

"Oliy matematika va axborot texnologiyalari" kafedrasi professor-o‘qutuvchilari quyidagi fanlardan talabalarga bilim berib kelmoqdalar: Oliy matematika, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, Iqtisodiy matematik usullar va modellar, Matematik programmalash, Matematik modellashtirish, Ekologik jarayonlarni modellashtirish, Informatika va axborot texnologiyalari.

 

Kafedrada amaliy mashg‘ulot darslari o‘tish uchun 11 ta o‘quv xonalari, laboratoriya darslarini o‘tish uchun 2 ta kompyuter xonalari mavjud.

 

Kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar darslik, o‘quv qo‘llanmalar bilan yetarli darajada ta'minlangan. Bundan tashqari o‘quv-uslubiy majmualar kafedraning tajribali o‘qituvchilari tomonidan yozib ko‘paytirilib, o‘quv jarayonida ishlatilib kelinmoqda. Ayniqsa, 2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tavsiyasi bilan fizika-matematika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Davlatov, R.Jo‘raqulovlar tomonidan tayyorlangan "Oliy matematikadan misol va masalalar to‘plami" o‘quv qo‘llanmasining 500 nushada nashrdan chiqarilib, talabalarga yetkazilishi bu sohadagi ishlarning to‘la qondirilishiga imkoniyat yaratdi.

 

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari asosan 2 ta "Differentsial va integral tenglamalarning qishloq xo‘jaligi masalalariga tadbiqlari" va “ Fermerlikda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayonida, qishloq xo‘jalik ekologiyasida axborot texnologiya tizimi asosida modellashtirish, algoritmlashtirish va avtomatlashtirishning ayrim masalalari” mavzularda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu sohada respublikadaga yetakchi ilmiy markazlar ya'ni Toshkent davlat milliy universiteti, O‘zRFA matematika va axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Kafedra o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalari bilan Respublikadagi ilmiy jurnallarda, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda. Bu ishlarning yakuniy natijalari sifatida kafedrada 3 ta nomzodlik ishlari himoya qilindi.

 

Kafedra jamoasi o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birgalikda, institutdagi boshqa ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

 

Hozirda, kafedrada i.f.n. D.Toshpo‘latov, f.-m.f.n., dotsentlar A.Davlatov, R.Jo‘raqulov, T.Qayumov, i.f.n., dotsent O‘.Mirxomidov, t.f.n., dotsent N.Karimov, katta o‘qituvchilar A.Ismoilov, Sh.To‘xtasinov, O.Abduraxmonov, assistentlar I.Zulfiqorov, R.Umarov, B.Davirova, D.Zohidov, B.Egamberdiyeva, A.Zafarov, D.Iskandarov, Z.Zafarov laborantlar D.Nizomova, M.Xurmatovalar mehnat qilmoqdalar.

 

 

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi

Muallif: Admin от 3-10-2012, 14:21

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti tizimida Agroiqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish kafedrasi tarkibidan, institut ilmiy kengashining 1996 yil 2 dekabrdagi qaroriga asosan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashkil etilgan.

Dastlab kafedrada 1996 yildan 1998 yil sentyabr oyigacha i.f.n. Xolboyev R, 1998 yil sentyabr oyidan 1999 yil fevral oyiga qadar i.f.d. professor Abdullaev A, 1999 yil fevral oyidan 2002 yillar mobaynida dotsent Qo’chqarov X., 2002 yil sentyabr oyidan 2005 may oyiga qadar dotsent Mamatxonov M, 2005 yil may oyidan 2006 yil dekabr oyigacha Komilov A, 2006 yil dekabr oyidan 2011 yil mart oyigacha i.f.n. Baratov X, 2011 yil mart oyidan 2011 yil noyabr oyigacha i.f.n. Suvonov I kafedra mudiri lavozimlarida ishlab ishlagan bo’lsalar, 2011 yil noyabr oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedrada institutning yosh va iqtidorli olimlaridan sanalgan i.f.n. Xojiboyev M kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi institutdagi eng yosh kafedra hisoblanadi. Xozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o’qituvchi to’liq shtatda ishlamoqda. Kafedrada institutning barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 25 ta fanlardan ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslari olib borilmoqda. SHuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institutda birinchilardan bo’lib mashg’ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida o’tish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda bir qator fanlardan elektron darslik va dasturlar mavjud.


Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Kafedrada amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga maxsus jihozlangan 6 ta o’quv xonalari mavjud. Kafedra 3 ta zamonaviy kompyuter, printer va ma’ruza xonalarida videoproyektor bilan ta’minlangan.

Kafedraning xozirgi kundagi tarkibi:

1. Xojiboyev Muxiddin - i.f.n. kafedra mudiri 

2. Baratov Xokimjon - i.f.n. dotsent

3. Tursunov Ulug’bek - i.f.n. dotsent 

4. Maxmudov Sayidjamol - i.f.n.

5. Komilov Akromjon - katta o’qituvchi 

6. Komolov Xursanbek - katta o’qituvchi

7. Mamanazarov Tojimirza- assistent

8. G’opporov Maribjon - assistent

9. YUldashev Botirali - assistent

10. Jamoldinov Sardorbek- assistent

11. O’rishev Qaxramon - assistent

12. Imodinov Xamidillo - assistent

13. To’raboyeva Muhabbat - laborant


Kafedra tomonidan “Agrar tuzilmalarni moliyalashtirish va hisob yuritish tizimini takomillashtirish” mavzusi bo’yicha ilmiy ish olib borilmoqda va kafedra jamoasi viloyatdagi fermer xo’jaliklariga o’z maslaxatlarini berib kelmoqdalar. 

Kafedrada 2009-2010 yillarda FTM grantlari asosida “Muqobil mashina traktor parkini (MMTP) bozor munosabatlariga moslashgan modelini amaliyotga joriy qilish” mavzusida innovatsion loyiha olib borildi. Bunda kafedraning 3 nafar professor o’qituvchisi ishtirok etdi (FTM granti innovatsion loyixa bo’yicha 2010 yilda 16 mln. so’m mablag’ olindi).


Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Kafedrada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan xolda tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. 

Kafedrada “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi bo’yicha institutni tamomlagan sobiq talabalardan 10 nafari Respublikamizning nufuzli ilmiy tadqiqot institutlarida o’z ilmiy faoliyatlarini davom ettirib fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan bo’lsa, ayrimlari rivojlangan mamalakatlarning nufuzli oliy dargoxlarida o’z bilimlarini mustaxkamlamoqdalar. SHuningdek, tayyorlangan bakalavrlar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, jumladan, soliq va bank tizimi, hamda qishloq xo’jaligining barcha sohalarida faoliyat ko’rsatmoqdalar.


Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi




Используется технология AndQXI

So'nggi yangiliklar


Andijon qishloq xo’jalik insti ..


2013-2014 o'quv yilida Andijo ..
2013-2014 o'quv yilida Andijon qishloq xo'jalik institutiga bakalavriat bo'yicha qabulga abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma'lumot

Ta`lim muassasalari ta`lim yo` ..


Andijon qishloq xo’jalik insti ..
Andijon qishloq xo’jalik institutida 2013-2014 o’quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo’yicha qabul ko’rsatkichlarining ta’lim yo’nalishlari va o’qitish tillari ...

O'qishga marhamat!
O'qishga marhamat!

So'rovnoma


Saytimizga baho bering

A'lo
Yaxshi
O'rtacha
Yomon
Bilmayman

 
 

Onlayn


Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1

Foydalanuvchilar: 

отсутствуют

Robotlar: 

отсутствуют

 Oxirgi 20 ta foydalanuvchi: 

Abituriyentlar uchun


Abituriyentlarga

Shikoyatlar bor-mi?


Shikoyatlar bor-mi?

Xukumat portallari


  • www.gov.uz
  • www.press-service.uz
  • www.agro.uz
  • www.edu.uz
  • www.ziyonet.uz

Kalendar

«    Август 2013    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ob-havo

Все о погоде - Pogoda.uz

Статистика

Вверх