Qisqacha mazmuni: G’o’za ekilgan dalalardagi zararkunandalarga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan trixogrammning urug’larini mini aviatsion texnika qo’llanilgan qurilma yordamida bir tekis tarqatilganda mehnat unumdorligi 40-45% oshadi. Qurilma yordamida trixogramma urug’ini tarqatish asosan havodan turib bajarilganligi tuproqni zichlanishdan saqlaydi, qo’l mehnatini kamaytiradi, g’o’za zararlanishi oldini olish xisobiga paxta xosildorligi gektariga 5-6 tsentnerga ortadi.
Kutilayotgan natijalar: YAngi innovatsion texnologiya asosida ishlovchi qurilmani qo’llash natijasida g’o’za va boshqa ekinlarga qarshi kurashish vositasi trixogrammani urug’larini dala maydonlariga bir xil tarqatishning samaradorligi evaziga yuqori va sifatli paxta xosili olinadi.
Qo’llanish soxalari: Paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarda joriy etilishi ko’zda tutilgan.
IMO xuquqiy ximoyalanish darajasi: Trixogramma tuxumlarini paxta maydonlariga mini aviatsiya yordamida bir tekis tarqatish qurilmasiga patent olish uchun xujjatlar tayyorlanmoqda.
Tayyorlik darajasi: YAngi innovatsion qurilma tayyor uni paxtachilikda keng joriy etish uchun tajriba sinovlardan o’tkazilmoqda.
Amalga oshirish bo’yicha takliflar: Qurilmani keng miqyosda ishlab chiqarishni joriy etish.
Xuquqlarni berish shakli: Litsenziya shartnomasi.
Hamkorlik bo’yicha takliflar: Fermer xo’jaliklari bilan hamkorlikda ishlar olib borishdan iborat.
Qo’shimcha moliyalashtirishga extiyoj: 100 mln so’m, jumladan quvvatli mini vertolyotlarni yasash yoki xarid qilish uchun 80 mln so’m, konstruktorlik xujjatlari ishlab chiqishga 6 mln so’m, eksperimental namunalar tayyorlashga 4 mln. so’m, qo’llash uslubnomasini ishlab chiqish 2 mln. so’m, O’zstandart texnik shartlari ro’yxatiga olish 1.9 mln. so’m, qurilmani sinovdan o’tkazish, ishlab chiqarishda keng qo’llash uchun 6.1 mln. so’m.