AndQXI

На главную Карта сайта Обратная связь
O'zbek Русский English

Xalqaro aloqalar bo'limi

Muallif: Admin от 16-11-2012, 10:21

Xalqaro aloqalar bo’limi institutda xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari tajribalarini o’quv, ilmiy tadqiqot va tashkiliy ishlariga samarali qo’llanilishini muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo’limdir. Bo’lim institutda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jaxon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

 

Bo’lim xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida quyidagi vazifalarni bajaradi:

 

- Institut bilan xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o’rtasida o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida yuqori tashkilotlarning qoidalariga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish; 

 

- Institutga tashrif buyurayotgan xorijiy hamkor vakillari uchun yuqori tashkilotlarning qoidalariga muvofiq rasmiy ishlarni yuritish; 

 

- Institutning professor – o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari (aspirant, doktorant), rahbar xodimlari va talabalari (magistrant, bakalavr)ni chet el xizmat safariga borishlari uchun hujjatlarini tayyorlashga ko’mak berish; 

 

- Institut professor – o’qituvchilarini, ilmiy tadqiqotchilar (aspirant, doktorant)ni, rahbar xodimlarni va talabalar (magistrant, bakalavr)ni chet tillari kurslariga jalb qilish; 

 

- Institut professor – o’qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari (aspirant, doktorant)ning ilmiy salohiyatini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi va boshqa tashkilotlar tanlovlariga va xalqaro malaka oshirish kurslariga tavsiya qilish; 

 

- Institutning fakultet va kafedralar bilan hamkorlikda xalqaro aloqalar ishlarining rejasini tayyorlash; 

 

Har yili TEMPUS tanlovlarida yevropa universitetlari bilan hamkorlikda dolzarb masalalarga qaratilgan loyixalar bilan ishtirok etmoqda.

 

Hozirgacha TEMPUS-DESPES, TEMPUS-SESSAPE loyixalari muvafaqqiyatli bajarildi. SHuningdek Gernaiyaning Vaynshtefen universiteti bilan GTZ loyihasida ishtirok etmoqda.

 

Germaniyaning LOGO tashkiloti bilan xamkorlikda institutning yuqori bosqich talabalari Germaniya fermer ho’jaliklarida ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish yo’lga qo’yilgan.

 

Hozirgi kunda institut Xalqaro aloqalar bo’limiga texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdurasul Xakimov boshchilik qilmoqda. Andijon qishloq xo’jalik institutining bir qator professor-o’qituvchilari yevropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida o’quv rejalarini takomillashtirish bo’yicha xalqaro xamkorlik loyihasida qatnashmoqdalar. Loyiha “Environment protection through Development and Application of Sustainable Agriculture Technologies – EPASAT” (Barqaror qishloq xo’jaligi texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash orqali atrof muhitni muxofazalash) deb nomlanib, 2011-2014 yillarga mo’ljallangan. 

 

Loyihaga yevropadagi yuqori nufuzli o’quv yurtlaridan biri bo’lgan Italiyaning L’Akuila universiteti nomidan professor Anna Totstsi umumiy rahbarlik qiladi. Bundan tashqari yevropadan yana 4 ta va Markaziy Osiyodan 15 ta, jami 20 ta o’quv yurtlari va tashkilotlar qatnashmoqda. O’zbekistondan Samarqand qishloq xo’jalik instituti va Andijon qishloq xo’jalik instituti mazkur loyiha qatnashchilari hisoblanadi. Institutimiz tomonidan loyiha koordinatori sifatida xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i t.f.n., dotsent A.Xakimov ish olib bormoqda.

 

Loyihaning umumiy maqsadi Markaziy Osiyo (O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston) mamlakatlarida ilg’or yevropa tajribasiga mos holda atrof muhit uchun zararsiz va maxsus ishlab chiqilgan uslubiyotga mos holda uch bosqichli Bakalavriat-Magistratura-Doktorantura integrallashgan ilg’or tizimini yaratishdan iborat. Loyihaga bunday mavzu tanlanishiga sabab Markaziy Osiyoning hududiy tavsifi, jamiyatdagi demokratlashtirish jarayoniga mos tez o’zgarishlar, fermerlikda tadbirkorlik tajribasining yetishmasligi, bozorning globallashuvi, qishloq joylarida turmush darajasini yaxshilash hamda tuproqni, an’anaviy dehqonchilik madaniyati va mahalliy xususiyatlarni saqlab qolish xisoblanadi. 

Seminar

Muallif: Admin от 13-11-2012, 19:53

2012 yilning 14 noyabr kuni Andijon qishloq xo'jalik institutida Isroil Davlati Tashqi ishlar vazirligi "MASHAV" Xalqaro Hamkorlik Markazi bilan birgalikda "Suv resurslaridan unumli foydalanish va tomchilatib sug'orish texnologoyalari" va "Sabzavorchilik" mavzularida o'quv seminari o'tkaziladi.

Shu munosabat bilan barcha professor-o'qituvchilarni, magistrlar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va iqtidorli talabalarni seminarda faol ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Seminarda institutning mutaxassis professor-o'qituvchilari hamda Isroil Davlatidan keladigan mutaxassis mehmonlar M.Broner va R.Kriygerlar o'z ma'ruzalari bilan qatnashadilar. 

“Talabalik – oltin davrim”

Muallif: Admin от 10-11-2012, 11:42

Talabalik inson umrining bahori. Bu davrni bejizga oltinga qiyos etishmaydi. Istiqlol quyoshidan nur olib gullab-yashnayotgan diyorimizda yurtboshimiz rahnamoligida olib borilayotgan ta’lim soxasidagi isloxotlardan ham ko’zlangan asosiy maqsad kelajagimiz bo’lgan yoshlarni milliy va ma’naviy qadriyatlarga sodiq, yuksak ma’naviyatli, intelektual saloxiyatli yetuk  kadrlar qilib tarbiyalashga qaratilgandir.

Bu borada institutimizda olib borilayotgan tizimli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar aloxida axamiyatlidir. 17 noyabr - Xalqaro talabalar kuni oldidan Andijon qishloq xo’jalik institutida joriy yilning 7-, 8- va 9 noyabr kunlari 1 bosqich talabalari o’rtasida «Talabalik oltin davrim» deb nomlangan qasamyod qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi. 

Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ularning dam olishlarini  tashkil etish maqsadida o’tkazilgan ushbu tadbir fakultetlararo bellashuv tarzida tashkil etildi. Institutning «Agronomiya» fakulteti «Farovon» jamoasi 7 noyabr kuni, «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakultetining «Lochin» jamoasi 8 noyabr kuni, «Iqtisodiyot va boshqaruv» fakultetining «Iqtisod va yana iqtisod» jamoasi esa 9 noyabr kuni o’zlarining badiiy-musiqiy chiqishlarini namoyish etdilar. 

Xar uchala fakultet  jamoalarining belgilangan shartlar asosidagi badiiy iqtidorlari xakamlar hay’ati tomonidan baxolab borildi.

Tadbirga taniqli san’atkorlardan G’ayrat Axmedov, «O’zbeknavo» birlashmasining xushovoz xonandalari Komil Aziz hamda bir qator yosh qo’shiqchilarning tashrifi yanada fayz bag’ishladi.

Ezgu maqsad yo’lida o’tkazilayotgan va o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarni yuksak ma’naviyatli, el koriga yaraydigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdir.  


 

Talabalar qasamyodi
Talabalar qasamyodi

 

1
Saxna ko’rinishidan lavxa

 

Yoshlik valsi
Yoshlik valsi

 

Yoshlik valsi
Yoshlik valsi

 

“MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT” MARKAZI

Muallif: Admin от 8-11-2012, 20:59

Institutda  talaba-yoshlar  ongiga  milliy  istiqlol  g’oyasini  singdirish, ularni  boy  madaniy  merosimiz,  tarixiy  an’analarimizga,  milliy  va  umuminsoniy qadriyatlarga  hurmat  ruhida  tarbiyalash maqsadida keng  ko’lamli  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Institut  “Ma’naviyat  va  ma’rifat” markazi  mazkur  ishlarni tashkil  etish  va  yuksak  saviyada  o’tkazishni  ta’minlash  bilan   shug’ullanadi.

Institutda   ma’naviy-ma’rifiy ishlarni  o’zaro  hamkorlikda o’tkazilishini ta’minlash  maqsadida  maxsus  tizim  shakllantirilgan. Mazkur  tizim  jamoa  a’zolari  orasida  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  tashkil etishda  “Ma’naviyat  va  ma’rifat” markazi,  ijtimoiy gumanitar  fanlar  kafedralari,  jamoat  tashkilotlari  va boshqa   bo’g’inlarning samarali  faoliyat  ko’rsatishi  imkonini  bermoqda.

Ma'naviyat va ma'rifat markazi
 

Institutda o’quv  yili uchun   mo’ljallangan   ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari tuzilgan va izchil   amalga   oshirilmoqda. Shu reja  asosida   har bir   fakultetning  ma’naviy-ma’rifiy ish rejasi  ishlab  chiqilib tadbirlarning izchil  ravishda  amalga   oshirilishi  ham  markaz  tomonidan  muvofiqlashtirib  borilmoqda. Fakultetlarda  ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni   yanada  yaxshilash  maqsadida  bosqich  va  guruh  murabbiylari  o’z  rejalariga   asosan  talabalarning   darsga  qatnashishlarini  nazorat  qilish,  ularning  intizomi,  xulq-atvoridan,  yashash  va  dam  olish  sharoitlaridan,  bo’sh vaqtlarini  qanday  o’tkazayotganidan  doimo  xabardor  bo’lib,  tahlil  qilib  va  ular  bilan  muntazam  ravishda  Vatan  tuyg’usi  va  istiqlolning  mohiyati  to’g’risida suhbatlar  o’tkazib  bormoqdalar.

Institutda  4 ta    “Ma’naviyat  va  ma’rifat”  xonalari  faoliyatini davr  talabi  darajasida  tashkil etish,  ularni  haqiqiy  targ’i-tashviqot  shoxobchalariga aylantirish  ustida  muntazam  ish  olib  borilmoqda.

Yurtboshimiz  tashabbusi  va  hukumat  qarorlariga  muvofiq “Homiylar va shifokorlar yili”,  “Ijtimoiy ximoya yili”,  “Yoshlar yili”, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”,  “Barkamol avlod  yili”, “Kichik biznes va tadbirkorlik yili”, “Mustahkam oila yili” davlat  dasturlari  qabul  qilinganligi  munosabati bilan  institutda   ham  maxsus  tadbirlar  rejalari ishlab  chiqilib,  ularning ijrоsini  ta’minlash   bo’yicha  keng  ko’lamkli  ishlar  amalga  oshirildi va oshirilmoqda.

Institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” markaziga 2001 yildan buyon qishloq xo`jalik fanlari nomzodi, dotsent, O`zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi Habibjon Siddiqov rahbarlik qilmoqda.

Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Используется технология AndQXI

So'nggi yangiliklar


Andijon qishloq xo’jalik insti ..


2013-2014 o'quv yilida Andijo ..
2013-2014 o'quv yilida Andijon qishloq xo'jalik institutiga bakalavriat bo'yicha qabulga abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma'lumot

Ta`lim muassasalari ta`lim yo` ..


Andijon qishloq xo’jalik insti ..
Andijon qishloq xo’jalik institutida 2013-2014 o’quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo’yicha qabul ko’rsatkichlarining ta’lim yo’nalishlari va o’qitish tillari ...

O'qishga marhamat!
O'qishga marhamat!

So'rovnoma


Saytimizga baho bering

A'lo
Yaxshi
O'rtacha
Yomon
Bilmayman

 
 

Onlayn


Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1

Foydalanuvchilar: 

отсутствуют

Robotlar: 

отсутствуют

 Oxirgi 20 ta foydalanuvchi: 

Abituriyentlar uchun


Abituriyentlarga

Shikoyatlar bor-mi?


Shikoyatlar bor-mi?

Xukumat portallari


  • www.gov.uz
  • www.press-service.uz
  • www.agro.uz
  • www.edu.uz
  • www.ziyonet.uz

Kalendar

«    Август 2013    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ob-havo

Все о погоде - Pogoda.uz

Статистика

Вверх