O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 18 iyuldagi 307-sonli «ZiyoNET» tarmog’ini axborot ta’lim resurslari bilan boyitib borish to’g’risidagi buyrug’iga asosan «ZiyoNET» ta’lim tarmog’iga joylashtirishga taqdim etilgan o'quv-uslubiy ro’yxati.
1. O.Maxmudov. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti.
5340100 – Iktisodiyot (kishlok xo’jaligi) ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan. Agrosanoat majmui samaradorligining asosiy mezoni yakuniy mahsulot qiymati hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulot nobudgarchiligini pasaytirishda, tarmoqlarni yetuk kadrlar bilan ta’minlashda, ularning mehnat qobiliyatini tiklashda, shuningdek, ASM tarmoqlarining o’zaro uzviy bog’liqligini ta’minlashda infratuzilmaning ahamiyati katta.
2. M.Usmonov. Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish.
Mazkur ma’ruzalar matni fermer xo’jaligini xukukiy, tashkiliy- iqtisodiy asoslari; Qishloq xo’jaligida ixtisoslashtirish va tarmoklarni muvofiqlashtirish; Ishlab chiqarishni vositalarni tashkil etish va ulardan foydalanish; Qishloq xo’jalik korxonalarining ichki xo’jalik faoliyatini va biznesni rejalashtirish; Qishloq xo’jaligida mexnatga xak to’lashni tashkil etish; Dexqonchilikni tashkil etishni ilmiy asoslari; Don, paxta ishlab chiqarishni tashkil etish; Sabzavotchilikni, bog’dorchilikni tashkil etish; CHorvachilikni tashkil etishni umumiy masalalari; Qishloq xo’jalik mahsulotlarini kayta ishlash, saklash va sotishni tashkil etish; Servis va lizing xizmatini tashkil etish kabi muxim mavzularni o’z ichiga olgan.
3. T.Abdullaev. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy va ma’rifiy asoslari.
Ushbu uslubiy ko’rsatma barcha ta’lim yo’nalishlari 1-bosqich talabalari uchun diniy ekstremizm va terrozimga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari fanidan nazariy bilimga ega bo’lish uchun mo’ljallangan.
4. X.Sattarova. Dinshunoslik.
Ushbu uslubiy ko’rsatma barcha ta’lim yo’nalishlari 2-bosqich talabalari uchun ma’naviyat asoslari dinshunoslik fanidan nazariy bilimga ega bo’lish uchun mo’ljallangan.
5. X.Sattarova. Ma’naviyat asoslari.
Ushbu uslubiy ko’rsatma barcha ta’lim yo’nalishlari 2-bosqich talabalari uchun ma’naviyat asoslari dinshunoslik fanidan nazariy bilimga ega bo’lish uchun mo’ljallangan.
6. Kaxorov U., Abduraximov T.U., Nazarov SH.. Mashina detallari.
Uzatmalar uchun detallar va energiya xosil qiluvchi manbaalarni aniqlash.
7. Ismoilov A., Samatov N., Nazarov O.. Qishloq xo’jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish. Agranomiyaga zaruriy bo’lgan stendlarda tajrib o’tkazish usuli bilan talabalarga ko’rsatish.
8. A.G.Kojevnikova, A.A.Pattaev. Karantin begona o’tlar va ularga qarshi kurash choralari.
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5620300-«O’simliklar himoya qilish va karantin» ta’lim yo’nalishi Namunaviy o’quv rejasiga va fan dasturiga muvofiq «Karantin begona utlar va ularga karshi kurash choralari» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish tartibi, uslubi, mavzulari, informatsion texnik ta’minot manbaalari yoritilgan.
9. A.G.Kojevnikova, M.Xamdamova, U.Isashova. Umumiy entomologiya va zoologiya. Ushbu uslubiy ko’rsatma 5620300-«O’simliklar himoya qilish va karantin» ta’lim yo’nalishi Namunaviy o’quv rejasiga va fan dasturiga muvofiq «Umumiy entomologiya va zoologiya» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish tartibi, uslubi, mavzulari, informatsion texnik ta’minot manbaalari yoritilgan.