«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti
“Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlar instituti (TIKXMII) filiali sifatida 1960 yildan faoliyat ko’rsata boshlagan. 1964 yilda fakultet negizida Andijon paxtachilik instituti tashkil topgan hamda shu yildan boshlab «Gidromelioratsiya» fakulteti tashkil etildi.
1997 yil sentyabr oyida alohida faoliyat ko’rsatib kelgan “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” va “Gidromelioratsiya” fakultetlari birlashtirilib «Agroinjeneriya», 2004 yil 3-sentyabridan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №415 qarorining 4-ilovasiga binoan «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti nomi berildi.
Fakultet jamoasi sa’i xarakatlari bilan kafedralarning talabalarga o’z mutaxassisliklarini puxta egallashlari uchun zarur bo’lgan o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanishi yaxshilandi, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko’lami kengayib, samaradorligi ortib bordi.
Fakultetni bitirgan mutaxassislar qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligining turli sohalarida, shuningdek turli tashkilotlarda yetakchi va raxbar xodim lavozimlarida xizmat qilmoqdalar. Ular qatorida rivojlanayotgan davlatlar ob’ektlarida ishlagan va ishlayotgan sobiq talabalarimiz bor.
Ayni paytda fakultetda 5 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va 3 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
2003-2004 o’quv yilidan boshlab 2009 yilgacha institutda magistratura ochilib, fakultetda 3 ta, 5A540702-«Dexqonchilikni mexanizatsiyalashtirish», 5A540706-«Qishloq xo’jalik texnikalaridan foydalanish, ularni tiklash va ta’mirlash» va 5A540801-«Gidromelioratsiya» mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgandi. 2012-2013 o’quv yili uchun 5A430101 - «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» (tarmoqlar bo’yicha) va 5A450201 - «Gidromelioratsiya» mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3-sentyabridagi №415 qarorining 4-ilovasiga binoan sobiq 8 ta kafedralar qo’shilib, fakultet tarkibida quyidagi 3 ta kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda:
1. «Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash»
2. «Umumiy texnika fanlari va xayot faoliyati xavfsizligi»
3. «Melioratsiya va gidrotexnika inshootlari»
2012 yil fevral oyidan boshlab fakultet jamoasiga texnika fanlari nomzodi, dotsent A.K.Xamrakulov rahbarlik qilmoqda. Dekanatda dekan muovinlari katta o’qituvchi R.Qodirov va M.Halilovlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Fakultet tarkibidagi kafedralarda 66 nafar professor-o’qituvchilar talabalarga bilim va tarbiya bermoqdalar. Ularning 3 (4,6 %) nafari fan doktori, professor, 30 (45,5 %) nafari fan nomzodlari va dotsentlardir. Umumiy fakultet bo’yicha ilmiy salohiyat 50 %ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda tayyorlanayotgan mutaxassislar haqida ma’lumot
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari
5430100 - «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash»
5140900 - «Kasb ta’limi» (Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash)
5450200 - «Suv xo’jaligi va melioratsiya»
5620600 - «Zootexniya» (tarmoqlar bo’yicha)
5850300 - «Ekologiya va atrof muhit muhofazasi» (suv xo’jaligi)
Magistratura mutaxassisliklari
5A430101 - «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» (tarmoqlar bo’yicha)
5A450201 - «Gidromelioratsiya»
Fakultet talabalari kontingenti haqida ma’lumot
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari
(2012 yil avgust oyi)
№
|
Ta’lim
yo’nalishlari
|
Jami
|
Kunduzgi
|
grant
|
kontrakt
|
1
|
5630100 - Qishloq xo’jali- gini mexanizatsiyalashtirish
|
376
|
140
|
236
|
2
|
5140900 - Kasb ta’limi (5630100-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish)
|
19
|
7
|
12
|
3
|
5650200 - Suv xujaligi va melioratsiya
|
238
|
66
|
172
|
4
|
5850300- Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xo’jaligi)
|
45
|
10
|
35
|
5
|
5620600 – Zootexniya (tarmoqlar bo’yicha)
|
49
|
22
|
27
|
Fakultet bo’yicha jami
|
727
|
245
|
482
|
Magistratura mutaxassisliklari
№
|
Mutaxassisliklar
|
Jami
|
Kunduzgi
|
grant
|
kontrakt
|
1
|
5A430101- Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha)
|
6
|
2
|
4
|
2
|
5A450201-Gidromedioratsiya
|
4
|
1
|
3
|
Fakultet bo’yicha jami
|
10
|
3
|
7
|
2011-2012 o’quv yilida fakulteteda 5 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 165 ta talaba bitiruv malakaviy ishlarini muvofaqiyatli ximoya qildilar
Bitiruv malakaviy ishlarning barchasi kompyuterlarda tayyorlanib taqdimot usulida o’tkazildi.